Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


-mavzu: Konfliktli vaziyatda g’azab va qahr



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə43/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

7-mavzu: Konfliktli vaziyatda g’azab va qahr
Reja:

  1. Konfliktli vaziyatda g’azab.

  2. G‘azab va qahr. G’azab qo’zg’ashining sabablari.

  3. G‘azabdan o‘zini tinchlantirish usullari.

  4. Jahl va g‘azabni jilovlash bo‘yicha 10 foydali maslahat.



Tayanch so’z va iboralar: g’azab, qahr, tinchlantirish usullari, agressiya, zo’ravonlik, nizo, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, psixologik holat, konflikt manbalari, qo’pollik, nizo turlari, stress, jismoniy holat
Konfliktli vaziyatda g‘azab va qahr. Go‘zal xulq - qahr va g‘azab kelganida bilinadi? Qahr va g‘azabiga g‘olib bo‘lgan odam o‘z rohatini ta’min etadi. Muloyimlik daraxtini ekkan kishi salomatlik mevasini teradi. Inson g‘azabini yengmagunicha, qalbidagi yomonlik vas-vasalaridan qutulib, komil inson bo‘la olmaydi. Yomon qalbni to‘g‘rilash niyat va amalga bog‘liqdir. Kishi nafsi hoxishi va ehtirosini yengmagunicha saodatga erishmas.
G‘azabini yengmagan, ahloqini yo‘qotadi.
Misol: bir kishi kelib, Allohning rasuliga (s.a.v.)dediki:

  • Yo rasulalloh, menga nasihat qiling.

  • G‘azablanma! – dedilar.

  • Menga nasihat qiling, - deb yana so‘radi.

  • G‘azablanma! – dedilar.

Nasihat qilishni uchinchi marotaba yana so‘radi. Yana dedilarki:

  • G‘azablanma!!!

  • Ey ko‘ngil! Sen g‘azabingni jilovlay olasanmi? G‘azab kelganda ota-onaga qarab ham baqiradiganlardan emasmisan? G‘azab kelganda xotini, farzandlarini uradigan johildorlardan emasmisan? G‘azab kelganda do‘stidan ham kechib yuboradigan nomardlardan emasmisan? O‘ylab ko‘r: ehtimol, bir marta bo‘lsin, ota va onangga qattiq gapirgandursan, xotining, farzandlaring, do‘stlaringdan qay birinidir jahl ustida ranjitgandursan. Endi sen buning uchun g‘azabingni bahona qilma. G‘azabni yenga olmagan o‘zingni aybla! Aybla-da, tavba qil! Tavbaning qabul bo‘lish shartini unutma: bu hol endi qaytarilmasligi kerak! Qaytarilsa, tavbang qabul bo‘lmas. “Tavba” - inson o‘z hayotining jarayonini, faoliyatini, yo‘nalishini, yashash tarzini yaxshi tomonga o‘zgartirishdir.11


Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin