Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Siz o‘z jahlingizni qanday jilovlaysiz?



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə46/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Siz o‘z jahlingizni qanday jilovlaysiz? Har birimizning o‘zimizgagina hos bo‘lgan jahlimizni jilovlash usullarimiz mavjud. O‘z do‘stlaringizni esga oling. Ular ichida suprasi suv ko‘tarmay, juda tez jahli chiqib, hech ham ularni tinchlantirib bo‘lmaydigan, shu bilan birga tamoman hissiyotsiz, suv toshsa ham to‘pig‘iga chiqmaydiganlari ham bor, shunday emasmi?!
Kuyida jahlni jilovlashning mavjud usullaridan ba’zilarini keltiramiz12. Ularni diqkat bilan o‘rganib, o‘zingizning toifaingizni aniqlashiga harakat qiling. Siz o‘z jahlingiz va emotsiyalaringizni boshqalar ustiga yog‘dirasiz. Sizning g‘azabingizni hamma odamlar, yoki narsalar besabab qo‘zg‘atishi mumkin. Agar jahl uchun sabab bo‘lmasa, siz uni o‘zingiz o‘ylab chiqarasiz. Siz baqirishga ustasiz, sizning g‘azabingiz boshqalar ustiga yog‘diriladi, g‘azabingiz lava(vulqon) kabi o‘z yo‘lida hamma narsani buzishga qodir, g‘azabingiz bois siz o‘zingizni kuchli deb hisoblaysiz.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, biron-bir kishi kamchilik yoki xatoimizdan gap ochdi deguncha, g‘azablana boshlaymiz. Holbuki, xatolarimizni yuzimizga aytgan birodarimizdan mutlaqo g‘azablanmasligimiz kerak. Aksincha, unga mehr-muhabbat bilan boqib, gunohimizni anglab, bu xatolardan halos bo‘lish choralarini ko‘rishimiz shart emasmi? Jahl aqlni ketkazadi, asab buzilishi ofat keltiradi. G‘azablangan paytingda so‘zga ro‘zador bo‘l. Zero, bu paytda har so‘zu amaling nadomatga vosita bo‘ladi. Ko‘pincha g‘iybat, ig‘vo... g‘azab va qahrni o‘yg‘otadi. G‘iybat ham, g‘azab ham kishi ko‘nglini og‘ritadi. Shu bois g‘iybatdan, nafsoniy g‘azabdan saqlanmoq kerak. G‘azabni yengan o‘z nafsini yenga oladi. Inson g‘azablangan paytlarida shuursiz harakatlar qilib, so‘ng qanday tuzatishni bilmay arosatda qoladi. “Jahl chiqsa – ko‘z qorayar, jahl ketsa – yuz qizarar” degan hikmat bor. Xulosa shuki, jahl kelganda tiliga va qo‘liga hokim bo‘lgan kishi yomon oqibatdan halos bo‘ladi.13


8-mavzu: O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi nizolarning o’ziga xos xususiyatlari
Reja:

  1. O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida o‘quvchilarning dars intizomi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar.

  2. Muammoli xulq-atvorning motivlari.

  3. Pedagog ketma-ketlikdagi 5ta vazifani bajarish yo‘llari.




Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin