Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə51/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

4-vazifa. O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi.
1. Biz bolani qanday bo‘lsa shundayligicha, ya’ni uning ahmoqona qiliqlariga, kamchiliklariga, nojo‘ya harakatlariga qaramay qabul qilishimiz kerak. Bu ularga o‘zini hurmat qilish va o‘z xulq-atvorini o‘zgartirishiga imkon beradi.
2. O‘qituvchi o‘quvchiga dars davomida qanchalik e’tibor qaratsa, uni eshitsa, uni maqtasa, shunga javoban o‘quvchi tomonidan intizom buzish hollari kamayadi.
3. O‘zining tan olinganligini his etish inson uchun juda muhimdir. O‘quvchilarning fikri hurmat qilinishi, ularning qilayotgan ishlari sinf va maktab uchun foydali ekanligini ko‘rsating. To‘g‘ri maqtov orqali intizomni tuzatishga erishish mumkin.
4. Ma’qullash. O‘quvchilarga ularning ijobiy xarakter xususiyatlari yoki biron narsani amalga oshirish uchun qilayotgan harakatlari, ularning qiziqishlari, erishgan yutuqlari haqida gapirib turish lozim. Chunki ularning ijobiy xususiyatlari o‘qituvchi tomonidan tan olinsa ular o‘qituvchilarga ham yaxshi munosabatda bo‘ladilar.
5. Iliq munosabatlar. O‘qituvchi kelgusida ham quvonch bilan eslab turiladigan iliq emotsional muhitni yarata olishi lozim. Chunki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar sinfda intizom bo‘lishi uchun eng yaxshi vositadir.
5-vazifa. Ota-onalar va boshqa fan o‘qituvchilarini jalb etish. O‘qituvchining mazkur muammo bo‘yicha olib borayotgan ishining samaradorligi bu jarayonga ota-onalarni jalb qilish orqali ham ortadi. Qachonki o‘qituvchilar va ota-onalarning harakatlari birlashsa, bir maqsad sari hamkorlikda ish ko‘rsalar natijaga tezroq erishiladi. Sir emaski, tarbiyasi qiyin bolalarning oilalari, ota-onalari ham shundaylar qatoriga kiradi. Oilaviy tarbiyaning avtoritar yoki beparvolik usuli ta’lim olishda yaxshi natijalarga erishish imkonini bermaydi. Shuning uchun ota-onalar munosabatlari usulini o‘zgartirish o‘quvchining xulq-atvorining o‘zgarishiga va uning fanlarni o‘zlashtirishiga sabab bo‘ladi. Tarbiyasi qiyin bolalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish uchun bir necha qoidalarga rioya qilish zarur hisoblanadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin