Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Jo‘yali nutq - uyali nutq



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə80/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Jo‘yali nutq - uyali nutq. Jo‘yalilik qaysidir ma’noda nutqning boshqa xususiyatlarining samarasini so‘zlovchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi munosabatni, holatni anglatadi. Agar bu xususiyat bo‘lmasa, ikkala tomon orasidagi munosabatto‘la anglashilmaydi. Anglashilgan taqdirda ham, butunlay noxush, teskari holat yuz beradi.
So‘zni topib, tanlab, o‘z o‘rnida aytilishini taqozo etuvchi bu sifat so‘zlovchining didi, xarakteri, omma bilan muomala qila olishiga bog‘liq. Shu sababli nima deyishlikdan ko‘ra, nima demaslikni bilish ham muhim. Har bir so‘zning jumladagi o‘rni til hodisasi bo‘lsa, uning muayyan davrada qanday aytilishi etik-estetik va psixologik hodisadir. Har bir so‘zning, nutqning o‘rnini bilish, aslida, auditoriyadagilarning saviyasi, kasbi, qiziqishi, jinsi, yoshi singarilarni e’tiborga olishdir. Shuning uchun ham aytilmoqchi bo‘lgan so‘zning, nutqning o‘z uyasi bo‘ladi. Xuddi shu uyani anglagan so‘zlovchi e’tibor qozonadi, obro‘ topadi. Aks holda, kulgili, ayanchli holatga tushadi. Auditoriyada o‘ng‘aysiz vaziyat tug‘iladi.
So‘zning o‘z o‘rni, vazni, bo‘y-basti, o‘lchovi, hajmi, xidi bor. Uni didi borlargina anglashadi.
Shunday ekan, ma’lum sharoitlarda so‘zning, nutqning o‘z egasi bo‘ladi. E’tibor qiling. Katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan keksa, nuroniy kishilar orasida yosh notiq «umr mazmuni» mavzuida suhbat uyushtirsa, yoki bolalarga tajribali, keksa notiq «Oila, uy-ro‘zg‘or va turmush muammolari» mavzusida ma’ruza o‘qisa, qay darajada kulgili va yarashiqsizbo‘ladi. Hatto, shunday sharoit bo‘ladiki, chin so‘zni aytish joiz emas. Faqat sukut orqali javob berish mumkin. Alisher Navoiy «Xiradmand chin so‘zdin o‘zgani demas, vale barcha chin ham degulik emas» — deganida, shuni nazarda tutgan bo‘lsalar kerak. Shoir Shuhrat:
Har so‘zning o‘rni bor, ba’zan ko‘rku zeb,
Ba’zida nam o‘rik o‘tidek so‘nik.
Qabriston qoshiga xush kelibsiz deb,
Yozilsa, qandayin bo‘lardi xunuk — deyishi bilan xaq.
Nutqning jo‘yalilygi deganda, so‘zlovchi qaysi fikrni, qaysi davrada, qachon, qanday qilib, qay holatda, qay ohangda ayta olishi anglashiladi.
Ta’lim beruvchi nutqi esa dars kimlar uchun mo‘ljallab tayyorlanganiga qarab tuziladi. Uning ohangi, yo‘nalishi, munosabat tarzi shunga qaratiladi. Bolalar, o‘smirlarga mos holda nutq tanlanadi. Shundagina maqsad anglashiladi, nutq jo‘yali bo‘ladi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin