Stereotiplar, ongimizga o’rnashib qolgan ba’zi noto’g’ri tushunchalar:
Konflikt abadiydir, u har doim mavjud.Konfliktni, agar u paydo bo’lsa, yo’qotib bo’lmaydi hamda konfliktni o’zgartirib ham bo’lmaydi.
Noto’g’ri. Mazkur stereotipning ikki jihati mavjud. Birinchidan, umuman olganda, haqaqatan ham dunyoda konfliktlarni yo’qotib bo’lmaydi. Dunyoda agar faqat ikki odam qolsa, demak, ular o’rtasida konfliktlar mavjud bo’ladi. Agar konfliktlar bo’lmasa, odamlar maqsadlar to’qnashuvida o’ziga xos tajribaga ega bo’lmaydi. Demak, konfliktlar hayotning ajralmas va bo’lishi tabiiy bo’lgan voqeligidir. Ikkinchidan, umuman olganda emas, balki har bir konfliktga xususan, ya’ni konkret konflikt mazmunidan kelib chiqib qaraladigan bo’lsa, har bir konkret konfliktning echimi topilsa, konflikt mazmunini ijobiy tomonga o’zgartirsa bo’ladi. Har bir konkret bir konfliktning har doim o’ziga xos echimi mavjud bo’ladi, konflikt ishtirokchilarining sayi-harakati asosisida uning echimini topishga imkoniyat har vaqt mavjud bo’ladi. Konfliktning echimini topish konfliktga bog’liq bo’lmay, balki unda ishtirok etayotgan tomonlar irodasi va hohishiga bog’liqdir. SHu bois, agar konflikt vujudga kelgan bo’lsa, uni yo’qotib bo’ladi. Ya’ni konflikt vaziyatni konfliktsiz vaziyatga aylantirib bo’ladi.
Imkon qadar konfliktlardan uzoqroq yurgan ma’qul.
Noto’g’ri. Konfliktga nisbatan noto’g’ri bo’lgan va stereotipga aylangan qarash. Qaerda konflikt bo’lsa, o’sha erda muammo mavjud bo’ladi. Muammo - konfliktdan uzoqlashish bilan, uni nazarga olmagani bilan, bu borada o’ylanmagani bilan o’z-o’zidan yo’qolib qolmaydi. Konfliktning to’g’ri echimini topish mana shu muammoni yo’qotishga teng keladi. Muammoning echimini topmasdan turib, konfliktni ijobiy hal etib bo’lmaydi. Agar konfliktga e’tibor berilmasa, muammo echilmay qolib ketadi, u yo’qolmaydi, bilaks chuqurlashib, o’t olib, og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Konfliktlar echimini topa bilishda esa maxsus bilimlar qo’l keladi. Muammoning echimiga qaratilgan umumiy sayi-harakatlar esa uning chuqurlashib ketib, og’ir natijalarga olib kelishining oldini oladi. SHu bois, konflikt vujudga kelganida undan uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol munosabatda bo’lish darkor. Konfliktga nisbatan faol munosabat esa konfliktlar echimi bo’yicha maxsus bilim va ko’nikmalarning qo’llanilishini anglatadi.