7-mavzu: Konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Reja: 1. Pedagogik nizolarni boshqarish va bartarafqilish.
2. Tarkibiy-tashkiliy usullar.
3. Strategik usullar.
Tayanch so’z va iboralar: konflikt, pedagogik konflikt, ijtimoiy-psixologik muhit, boshqarish, tashkiliy usullar, strategik usullar, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, psixologik muhit, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya
Pedagogik nizolarni boshqarish va ularni bartaraf qilish usullari Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. Ular quyidagilar: tarkibiy – tashkiliy usullar va strategik usullardir. O‘z navbatida tarkibiy – tashkiliy usullar to‘rt usuldan iboratdir: bular
O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish;
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash;
Umumtashkiliy kompleks maqsadlar;
Rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
Strategik usullar esa o‘z navbatida besh usuldan tashkil topgan bo‘lib bular quyidagilardan iboratdir:
Uzoqlashish;
Silliqlashish;
Majburlash;
Kelishuv;
Muammoni hal qilish usullaridir.
Ta’kidlaganimizdek, pedagog nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat o‘quvchilar xarakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta, bu ham qandaydir anik holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi omillarning faqat bittasidir. Shu sababli, pedagog, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so‘ngra esa u yoki bu usulni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak.
Tarkibiy-tashkiliy usullariga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin.
O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir o‘quvchi va guruhlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
• erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami; • vazifalarni qay tartibda topshiradi va kim uni qabul qiladi; • mas’uliyat, javobgarlik va huquq tizimi; • aniq siyosat, tartib-qoidalar va hokazolar. Pedagog bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir o‘quvchi va guruh qay tarzda yo‘l tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog‘i lozim.