Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun “Keys” topshirig‘i



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə210/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun “Keys” topshirig‘i


1-vaziyat. Siz informatika o‘qituvchisi, deylik. Darsda, a’lochio‘quvchilardan biri qator bo‘yicha qog‘oz uzatmoqda. Qog‘ozni tortibolib, tasodifan uni ochasiz va o‘sha o‘quvchining sinfdosh qizga atabyozgan she’riga ko‘zingiz tushadi.

Ushbu vaziyatda sizning muomalangiz qanday bo‘ladi?




9-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari


Reja:
1. Jamoa – ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh va uning o‘ziga xosligi.
2. O‘quvchilar va tengdoshlar orasidagi konfliktlar
3. Mehnat jamoasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktlar.
4. Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari.
Tayanch so’z va iboralar: jamoa, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ijtimoiy munosabatlar, insonparlik, ijtimoiy guruh, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, guruhli maslahat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, mehnat jamoasi, frusturatsiya, muammoli xulq-atvor, rahbar va o’qituvchi o’rtasidagi nizolar
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimiz kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi – yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilanadi. Shu nuqtai nazardan 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs bosh va markaziy o‘rinni egallab, modelninig qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimi individ hayotga kelgandan boshlab, to maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari o‘z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin. Ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa, jamiyatning barcha a’zolari shu ziddiyatni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladimi?!
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni kundalikdagi ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy-pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan pedagogik yondoshuv zaruratini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari shaxsga, ayniqsa, yoshlarga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ko‘cha-kuy, mahalladagi voqiyliklar, ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqish jarayoni, ilm-fanning turli sohalari. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlarning yoshlar ongiga, insonlarning ma’naviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhimroqdir.
Inson shaxsining pedagogik-psixologik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Pedagogik-psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchining qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan pedagogik-psixologik rivojlanish xususiyatlarini “to‘g‘rilashga” qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.
Psixologiya fanlari nomzodi Galina Sergeevna Abramovaning fikricha, shaxsiy psixologik korreksiya odamning ichki dunyosini diskert tavsifiga (psixologning) asosli ta’sir qilishidir. Odam “Erdagi jonli evolyusiyaning so‘nggi pog‘onasidir”, ijtimoiy tarixiy faoliyat sub’ektidir. Shaxs – ijtimoiy rivojlanish fonemeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.
Shaxsga doir rivojlanish-ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzodning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin