Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə263/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Qayd etadigan axborot xabar shaklida namoyon bo‘ladi va o‘zini tutish (axloq)ni bevosita o‘zgartirishni nazarda tutmaydi.
3.Kommunikatsiya kanali – ular yordamida yoki ular orqali axborot uzatiladigan vosita yoki yo‘llar. Jamiyatda axborot tarqalishi o‘ziga xos “ishonch-ishonchsizlik” filtri orqali o‘tadi. Bunday filtr ishlashi natijasida haqiqiy axborot rad etilib, aksincha – soxta (yolg‘on) axborot esa qabul qilinishi mumkin. Axborot qabul qilinishiga ko‘maklashadigan va filtrlar ishini bo‘shashtiradigan vositalar mavjud bo‘lib, ular yig‘indisi fassinatsiya deb nomlanadi. Fassinatsiyaga misol tariqasida nutqqa musiqa, rang yoki makon(bo‘shliq)ning jo‘r kuzatilishini keltirish mumkin.
4.Auditoriya (resipient) – axborotni qabul qiluvchilar (idrok etadiganlar). Ular norefleksiv va refleksiv tinglash kabi kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Norefleksiv tinglash, yoki e’tibor bilan sukut saqlash muammoni qo‘yish bosqichida, u so‘zlovchi tomonidan muloqot maqsadi – holatni emotsional yumshatish, bo‘shashtirish bo‘lganida qo‘llanadi. Refleksiv tinglashso‘zlovchi muayyan muammolarni hal qilishda yordamga muhtoj bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
5.Teskari aloqa (bog‘liqlik) – kommunikativ muloqot jarayonida muhokama qilinadigan turli vaziyatlar yoki muammolar yuzasidan umumiy mazmun, yagona nuqtai nazar ishlab chiqish va kelishib olish maqsadidagi faoliyat.


Mustahkamlash uchun savollar:

  1. O‘zbeklar mentalitetida muomala madaniyati qanday namoyon bo‘ladi?

  2. O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqotini qanday talablar asosida mukammal tashkil etish mumkin?

  3. Iliq muomala yuzasidan keltirilgan 10 maslahatga munosabatingiz?

  4. Konfliktli vaziyat yuzaga kelgan emotsional tang holatda inson qanday o‘zini himoya qilishi lozim?

  5. Insonlararo munosabatlarda o‘z hissiyotlarini tahdidsiz va adekvat tarzda bayon qilish deganda nimani tushunasiz?

  6. Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” va “iliqlashtiruvchi” omillarni sanab bering va tushuntiring.

  7. Odamlar fikrini faol eshitishning qanday ko‘nikma va talablari mavjud?




Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin