Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Moslashuvchanlik, yon bosish -



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə32/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

1. Moslashuvchanlik, yon bosish - individ harakatlari opponent bilan ijobiy munosabatlarini o‘z manfaatlari hisobiga saqlab qolish yoki tiklashga qaratilgan. Bu yondashuv individ ulushi u qadar katta bo‘lmagan, yoki kelishmovchilik sababi individga nisbatan uning opponenti uchun ahamiyatliroq bo‘lgan holatlarda qo‘llanishi mumkin. Bunday xulq vaziyat u qadar muhim bo‘lmagan, o‘z manfaatlarini himoya qilishdan ko‘ra opponent bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish dolzarb, hamda individning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlari, qo‘lidagi kuch-imkoni kam bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llanadi.
2. O‘zini chetga olish (chap berish, qochish). Bunday axloqli individ o‘z huquqlarini himoya qilishni, qarorni ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishni istamagan, o‘z pozitsiyasini bildirishdan bosh tortgan, bahsdan bo‘yin tovlagan hollarda tanlanadi. Bu uslub qarorlar uchun mas’uliyatdan qochish konflikt yakuni individ uchun muhim bo‘lmagan, yoki vaziyat o‘ta murakkab va konfliktning hal etilishi ishtirokchilardan juda ko‘p kuch talab etadigan, yo bo‘lmasa, konfliktni o‘z foydasiga hal qilish uchun uning kuchi, hokimiyati yetmagan hollarda ishlatilishi mumkin.
3. Qarama-qarshilik, raqobat. Individning o‘z manfaatlari yo‘lidagi faol kurashi, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun imkoni doirasidagi barcha vositalar: hokimiyat, majbur qilish, opponent larga bosim ko‘rsatishning boshqa vositalari, boshqa ishtirokchilar ning o‘ziga bog‘liqligidan foydalanish kabilarni qo‘llash bilan tavsiflanadi. Vaziyat individ tomonidan o‘ta muhim, g‘alaba qozonish yoki mag‘lubiyatga uchrash masalasi sifatida ko‘rib chiqilib, bu opponentlarga nisbatan qat’iy pozitsiyani va konfliktning qarshilik ko‘rsatgan ishtirokchilariga nisbatan murosasiz antago nizmni ko‘zda tutadi.
4. Hamkorlik. Individ o‘zaro harakatlarga aloqador barcha ishtirokchilarni qoniqtiradigan yechimni izlashda faol qatnashishini, ammo bunda o‘z manfaatlarini ham unutmasligini anglatadi. Oshkora fikr almashinish, konfliktdagi barcha ishtirokchilarning umumiy yechim ishlab chiqishdan manfaatdorligi nazarda tutiladi. Bu shakl barcha taraflarning ijobiy ishini hamda ishtirokini talab etadi. Bunday yondashuvda masala, yo yuzaga kelgan kelishmovchiliklar har tomonlama munozara qilinishi, hamda barcha ishtirokchilar manfaatlariga rioya qilgan holda umumiy yechim ishlab chiqilishi ehtimoli mavjud.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin