Muomalada samimiyat
“Qalovini topsang qor ham yonadi”, deydi dono xalqimiz. Har bir ishda, xatti-harakatda o‘ziga xos bilimdonlik, ustaomonlik qo‘llanilmasa, u ko‘ngildagidek natija bermaydi. Biz yashayotgan jamiyatda har kimning o‘z hunari, o‘z o‘rni bor. Odam borki nimagadir qodir.
Alisher Navoiy bobomizning “Mahbubul-qulub” asarida “Falak jismining joni - so‘z”, degan gapi bor. Dunyoda jonsiz narsani o‘zi yo‘q. Hamma jismlar harakatda, bir dam to‘xtamaydi.
Umar Hayyom ham “Navro‘znoma” asarida shunday yozadi: “Men so‘zdan mo‘tabarliroq hech narsa topolmadim.. Undan afzalroq narsa bo‘lganida edi, Haq taolo Payg‘ambar (s.a.v.)ga o‘sha narsa bilan murojaat qilgan bo‘lardim” (10 bet).
Afsuski oddiygina xushmuomilalik va samimiy munosabatni o‘rniga qo‘ya olmaydigan odamlar ham ko‘plab uchraydi. Ular kimningdir dilini og‘ritib gunohkor bo‘layotganliklarini anglab yetishdan ojizdirlar. Hammani hayron qoldiradigan, butun dunyoga shov-shuv bo‘ladigan kashfiyotlar yaratmasin, muomala me’yorini va insoniy samimiyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmasalar, ko‘zlangan maqsadlariga erisha olmaydilar.
(1842-1910)
8-rasm.
“Garvard (8-rasm) universitetining professori Uilyam Jeyms shunday yozadi: “Qanday bo‘lishimiz kerakligini qiyoslab ko‘rsak, biz hali mudrab yotibmiz. O‘z jismoniy va aqliy imkoniyatlarimizning arzimas qismidangina foydalanib kelmoqdamiz. Aytish mumkinki, inson o‘z salohiyatidan ancha quyida yashamoqda. U odatda foydalanmayotgan juda ko‘plab turli qobiliyatlarga ega”. Shunday qobiliyatlardan biri - insoniy muamala va samimiy munosabat. Bunda maqtovni ham, rag‘batni ham ishga solib suhbatdoshingizning ham mehrini qozonasiz, ham ulkan ishlarni qilishga da’vat etgan bo‘lasiz. Suhbatdoshingizning dilini og‘ritmagan holda samimiy munosabatda bo‘lib, o‘z ta’siringizni o‘tkazing. Uy qurgan bo‘lsa uyini maqtang, mashina olgan bo‘lsa, mashinasini maqtang biror yutuqqa erishgan bo‘lsa, xayrixohligingizni bildiring, hatto ro‘zg‘orda rafiqangiz tayyorlagan ovqatni maqtab iste’mol qiling, farzandingiz maktabdan “5” baho olib kelgan bo‘lsa, qizingiz uyni tozalab supurgan bo‘lsa, ularni ham maqtang. Maqtovda o‘rtacha, muomalada samimiy bo‘ling.
Munosabatingiz hurmatga yo‘g‘rilgan bo‘lsa, oddiy odamlarni, ayniqsa, oila-a’zolaringizni boshqarish oson kechadi. Insonning turmush tarzi, yashashi, barcha mehnat va harakatlarida muhim bir qonuniyat bor. Kimki unga amal qilib yashasa, qoqilmaydi. Biroq, uning aksi bo‘lsa, o‘zini ko‘p qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin. Siz bilan suhbatdosh bo‘lgan kishilarni o‘zligini anglashga, o‘zining shaxsiy ahamiyatini tushunishga undang. Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek: “El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam”. Suhbatdoshingizga o‘zini topishga yordam bering. U avvalo odam bolasi ekanini anglasin. Insonlararo muomala, munosabat nimaligini tushunsin. Boshqa jonzodlardan inson nimasi bilan farqlanishini, odamlar o‘rtasidagi mehr-muruvvatni, uvol va savobni anglasin.
Donishmandlar ming yillar davomida insonlararo munosabatlar me’yori xususida bosh qotirganlar. Bunday muhokamalardan bitta xulosaga kelishgan: “Odamlar sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday munosabatda bo‘ling”.
S haxs saodati va jamiyat osudaligi borasida totuvlik va inoqlik muhim o‘ringa ega. Inoq oila-a’zolari bahtiyor, totuv jamiyat osuda va to‘kin bo‘ladi.
O
Немис файласуф олим Иоганн Вольфганг фон Гёте(1749-1832)
‘zaro hurmat bilan ish yuritish hammaning ham qo‘lidan kelishi mumkin. Agar u kishi notiqlik mahoratini egallagan bo‘lsa. Buning uchun ko‘plab badiiy kitoblarni o‘qish, hayot tajribasini ishga solish, gapirganda ohangga e’tibor berish juda muhim. Nemis faylasuf olim Iogann Volfgang fon Gyotedan universitetda ma’ruza o‘qigani borganida “shu bir juft soatlik darsga necha soat tayyorgarlik ko‘rdingiz”, deganida Gyote: “Bir umr”, deb javob bergan ekan. Shu ulug‘larning gaplaridan ham ko‘rinib turibdiki, muomala-munosabat oson ish emas. Agar hamsuhbatingizga biror narsani tushuntirmoqchi bo‘lsangiz qisqa va lo‘nda hamda ta’sirchan qilib yetkazing. Ko‘p gapirib, uni bezdirib qo‘ymaslik yo‘lini tuting... Kimlarnidir gap bilan qo‘rqitaman desangiz, xato qilasiz.
“ Buyuk olimlarning buyukligi uning kichik odamlar bilan munosabatida, muomalasida namoyon bo‘ladi”, - deydi filolog olim Tomas Karleyl.
Q
Филолог олим Томас Карлейль.
Dostları ilə paylaş: |