Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə120/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

3. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning ikki guruhi mavjud:
Birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baxolash, taxlil qilish, zaxiralarni aniqlash vabashorat qilish imkonini beradi. Bunday ko‘rsatkichlarga fond sig‘imi, fond kaytimi, fond rentabelligi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh - xususiy va natural ko‘rsatkichlar bo‘lib, ko‘prok, asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq.
Ko‘rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga kuyidagilar kiradi:
" asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar) dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti,
ulardan vaqt bo‘yicha foydalanish darajasi;
" asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar) dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo‘yicha foydalanish darajasi;
" asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanish.
Ekstensiv koeffitsient - dastgoxlarning bir davr ichida (oy, yil) xaqiqiy ishlagan vaqtini rejalashtirilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.

bu erda:
thaq- xaqiqiy foydalanilgan vaqt; soat
trej- rejaga asosan foydalanish muddati; soat
Asbob-uskunalarning ekstensiv ko‘rsatkichini yaxshilash uchun ularning smenali koeffitsientini oshirish, smenalar orasida bekor turib kolishlarga barxam berish, dastgoxlarni ta’mirlash vaqtini qisqartirish, mehnat intizomini mustaxkamlash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Uskunalarning smenalik koeffitsienti - sutka davomida mashina-smenalarning o‘rnatilgan uskunalar umumiy soni yoki ishchi o‘rinlariga nisbatidir.U kuyidagicha aniqlanadi:

bu erda:
MS – sutka davomida xaqiqiy ishlagan mashina-smenalar yig‘indisi;
A u.s – o‘rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Uskunalarning smenalilik koeffitsientini aniqlashning yana bir yo‘li bo‘lib, unga ko‘ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan xam to‘liq foydalanilmasligi ko‘zda tutiladi. Masalan: sexda 300 dona uskuna o‘rnatilgan bo‘lib, birinchi smenada 270 tasi, ikkinchi smenada esa 220 tasi ishlagan. Uskunalarning smenali koeffitsienti 1,63 (270+220) /(300) ni tashkil qiladi.
Intensiv koeffitsient - ma’lum bir vaqt ichida xaqiqiy ishlab chikarilgan maxsulot miqdorini bildiradi.U xaqiqiy ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatini rejalashtirilgan maxsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.

bu erda:
ICH haq - xaqiqiy ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori;
ICH rej - maxsulot ishlab chiqarish rejasi.
Dastgoxlardan integral foylalanish koeffitsienti uskunadan intensiv va ekstensiv foydalanish koeffitsientlarining ko‘paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo‘yicha band bo‘lishini majmuaviy tavsiflaydi.


Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin