Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə124/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

2.Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda maxsulot ishlab chikariladi va sotiladi.
" aylanma mablag‘lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);
" ishlab chiqarish, ya’ni maxsulotni tayyorlash jarayoni ( T );
" tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .
Aylanma mablag‘lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz mablag‘larga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, foyda xisobiga shakllanadi (ish xaqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki xamkorlar qarzlari, buyurtmachilar to‘lagan pullar). Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo xarakatda bo‘lmaydi xamda korxonaning maxsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik extiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari).
3.Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi:
" aylanish koeffitsienti;
" yuklanish koeffitsienti;
" bir marta aylanish davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti aylanma mablag‘larning ma’lum bir vaqt davomida amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag‘larning xar bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan maxsulotlarni ko‘rsatadi.

bu erda:
Kaaylanish koeffitsienti
Sm – sotilgan maxsulot xajmi, so‘m;
Qa- aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldiq xajmi, so‘m.
Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan maxsulotlari xajmi 1000000
so‘mni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar me’yori 250000 so‘m, aylanish koeffitsienti Ka = 4.
Aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsienti sotilgan xar 1 so‘m maxsulotga sarflangan aylanma mabalg‘ni ifodalaydi.

Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi xamda shu davrdagi
kunlar sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali xisoblanadi.

bu erda:
K – kunlar soni (360, 90).

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin