Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə127/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida katnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan xamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy - malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi. Ish kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va akliy qobiliyatlari xisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar xoliga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:
" o‘z qiymatidan ortik bo‘lgan qiymat yaratadi;
" uni jalb kilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas;
" asosiy fondlar va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog‘liq.
Ish kuchidan samarali foydalanishga kuyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muxit, akliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va x.k.
Korxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi kuyidagilarni o‘z ichiga oladi:
" sanoat ishlab chiqarish personali (SICHP) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, xisoblash markazi xodimlari;
" noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog‘likni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;
" raxbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim boshliklari, ya’ni muxandis-texnik personal (MTP);
" xizmatchilar - xujjatlarni tayyorlash, xisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va x.k.).
Korxona SICHPning asosiy va ko‘p sonli qismini ishchilar tashkil kilib, ular maxsulot ishlab chiqarish, ta’mirlash va uskunalarga xizmat ko‘rsatishda katnashadilar, mehnat predmetlarini tashish va maxsulot tayyorlashni amalga oshiradilar, kurish-ta’mirlash ishlarini bajaradilar.
Kadrlarning korxonada xarakatlanishini tavsiflash uchun kuyidagi ko‘rsatkichlar xisoblanadi va taxlil kilinadi:
Ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha aylanish koeffitsienti (Kqq ):

Ishdan ketish bo‘yicha aylanish koeffitsienti ( )



Kadrlar oqimi koeffitsienti ( )

Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsienti ( )

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u kuyidagilarni o‘z ichiga oladi:
" ish kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;
" xodimlarni o‘kitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
" kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog‘onaga ko‘tarish;
" yollash shartlari, mehnat va unga xaq to‘lash sharoitlari;
" mehnat jamoasida kulay ruxiy muxitni yaratish.
Kadrlar siyosati birinchi o‘rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axlokini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga manfaatdorligini rivojlantirishi lozim.
Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda fakat ichki vazifa va muammolarni xal qilishdan tashkari, bandlik soxasida davlat siyosatiga tayanadi va kuyidagilarni ko‘zda tutadi:
" fukarolarning mehnat xuquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash;
" fukarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini ko‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivoylantirishga bandlik soxasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashtirish orqali ko‘maklashish;
" mehnat faoliyati davrida va nafakaga chikkandan so‘ng xam xodimlarning ijtimoiy muxofazasini ta’minlash;
" aholi bandligi muammolarini echishda, ko‘shma korxonalar tuzish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan xalqaro xamkorlik yuritish va boshqalar.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin