Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə231/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

5.Sotsial himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
6. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.
Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

  • Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.

  • Erkin narhlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

  • Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

  • SHartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.

Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi.
Narx turli omillar ta’sirida shakllanadi:
Ishlab chiqarish harajatlari.

  1. Tovarning nafliligi, ya’ni uning iste’molchilarga foydalilik darajasi.

  2. Talab va taklifning nisbati, ya’ni biror bir tovarga talab katta bo‘lsayu, u tovarning taklifi kam bo‘lsa narx yuqori bo‘ladi va aksincha.


Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin