Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Masala. “TEMPO" MCHJ korxonasidagi vaziyat bilan tanishish



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə237/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Masala.
TEMPO" MCHJ korxonasidagi vaziyat bilan tanishish.
Toshkent shahrida joylashgan «TEMPO» MCHJ korxonasidagi 2010 yilda tashkil topgan. Korxonaning tashkil topganiga oz vaqt bo‘lgan bo‘lsada, shu qisqa davr ichida korxonada ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshdi. Korxonada sifatli mahsulot ishlab chiqarish maqsadida chet davlatlardan zamonaviy avtomatlashtirilgan liniya va dastgohlar xarid qilindi, masalan Belgiyaning «Pikanol» to‘quv dastgohi, Germaniyaning «Zukker Myuller» ohorlash dastgoxi, Germaniyaning «Benninger» tandalash dastgohlar. Olingan zamonaviy texnologik asbob - uskunalar hisobiga korxonaning 2013 yil oxiriga kelib rentabellik o‘sish darajasi 9-12% ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini kamaytirib aholiga hamyonbop iste’mol mollari etkazib berish maqsadida har xil xom bo‘z ishlab chiqilmoqda. 2014 yilning dekabr oyida tikuv mashinalari xarid qilinib, yangi ish o‘rinlari yaratildi, natijada tikuv sexida 2017 yil mart oyiga kelib 24 ishchi ish bilan ta’minlandi. Tikuv sexida xar xil assortimentdagi erkaklar va ayollar dastro‘molchalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxona har xil assortimentdagi mahsulotlarini eksport qilib va 2017 yil yarmida yana eksport qilish uchun yangi shartnomalar imzolangan.
«TEMPO» MCHJkorxonasida kalava iplarni qabul qilib, undan to‘quv sexida har xil bo‘zlar to‘qilib yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilayapti. Korxonada ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlari Pardozlash fabrikalariga yuborilib, ranglanib, gul urib pardozlanib, ulardan gullik, sidirg‘a, kamuflyaj va har xil keng assortimentli matolar ishlab chiqariladi.
Korxonada 2017 yilda mahsulot sotishdan olingan foyda 1045215,6 ming so‘mni, boshqa xizmat ko‘rsatishlardan olinadigan foyda 12 260 ming so‘mni moliyaviy faoliyat bo‘yicha zarar 511985,4 mingso‘mni tashkil qildi. Mahsulot ishlab chiqarishda korxonaning o‘rtacha 2783370 ming so‘mlik asosiy ishlab chiqarish fondlaridan va 1942990 ming so‘mlik normalashgan aylanma mablag‘lardan foydalanildi. Korxona o‘tgan yilga nisbatan 25450 ming so‘mga kam foyda oldi. O‘tgan yilda rentabellik ko‘rsatkichi 11,68 %ni tashkil qildi. Korxona sof foydasidan 40 % ini ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga sarflamoqchi.


Savollar:

  1. Sizning fikringizcha ushbu matnda qanday muammo qo‘yilyapti?

  2. Matnda muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?

  3. Korxonada 2016 yilda umumxo‘jalik faoliyatidan foyda yoki soliq to‘langungacha foyda qancha miqdorni tashkil qildi. Vaziyatdagi umumxo‘jalik faoliyatdan foyda yoki soliq to‘langungacha foyda shakllanish jarayonini ajratib oling hamda uning nisbatan kamayishiga sabab nimada deb o‘ylaysiz?

  4. Korxonada rentabellik qancha bo‘ldi va uning darajasi o‘tgan yilga nisbatan qaysi tomonga o‘zgardi?

  5. Oxirgi yil uchun korxona sof foydasi qancha bo‘ldi va korxona ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga qancha pul sarflaydi?

  6. Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday echish mumkin?




Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin