Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


ODAMLARGA TASIR O‘TKAZISH OMILLARI



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə268/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

ODAMLARGA TASIR O‘TKAZISH OMILLARI
Tasavvur qiling, restoranga tashrif buyurgan mijozlarga ofitsiant iltifot bilan joy ko‘rsatyapti. Biroq joylar turlicha — o‘ta shinam va uncha qulay bo‘lmagan joylar. Ofitsiant joy ko‘rsatayotganida mijozdagi qaysi hislatlarni inobatga oladi? Nega u ba’zi mijozlarni shinam, boshqalarni esa uncha qulay bo‘lmagan joylarga joylashtiradi?

  1. Tashqi ko‘rinish. Bilamizki kishilarni kiyimlariga qarab kutib oladilar. SHuning uchun o‘zga kishilarga o‘z ta’siringizni o‘tkazishni istasangiz, kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor bering. Tadbirkor kishilar shuni yodda tutishlari kerakki kiyim inson turmushining farovonligi va uning jamiyatda tutgan o‘rnidan darak beruvchi
    belgidir.

  2. O‘zini tutish. Nutq ravonligi va uning ohangi, kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham katta ahamiyatga ega. Agar o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz etarli darajada bo‘lmasa, buning sabablarini aniqlashga harakat qiling. Atrofingizdagi kishilarning qiyin holatdan qanday chiqib ketayotganliklariga e’tibor bering, bu ma’lum bilimlarga ega bo‘li­shingizga yordam beradi.

  3. Manfaat. Kishining boshqalarga nisbatan ta’sir o‘tkaza olish darajasi uning o‘zgalarni rag‘batlantira bilishi yoki jazo choralarini qo‘llash imkoniyatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Agar siz rahbar bo‘lsangiz, demak o‘zgalarni pag‘batlantirish yoki jazolash uchun sizda bir qancha imkoniyatlar bor: ish xaqini kamaytirish yoki oshirish, yuqori mansablarga ko‘tarish yoki mansabidan tushirish, ishdan haydash va h.k. Manfaat omilini nafaqat «boshliq - ishchi» munosabatlarida, balki kishilarga ta’sir o‘tkazish kerak bo‘lgan barcha holatlarda ishlatish lozim. Siz hamisha o‘z manfaatlaringizni aniq bilgan holda harakat qilishingiz kerak.

  4. SHaxsiy munosabatlar. Taniqli tadbirkorlardan bo‘lmish CHarlz SHvab bir yilda 1 mln. dollar moyana olar edi (bir kunda 3 ming dollardan ziyodroq). Taniqliligi jihatdan SHvabdan qolishmaydigan, biroq boshqa soxada - kishilar munosabatlari tadqikoti bilan shug‘ullanuvchi Deyl Karnegi o‘ziga shunday savol berdi: «Nima uchun SHvabga bu qadar yuqori maosh to‘laydilar?», «Nima, SHvab ulug‘ iste’dod sohibimi? Yo‘q. YOki po‘lat ishlab chiqarish sohasida boshqalardan ko‘prok bilimga egami? Safsata. SHaxsan CHarlz SHvabning o‘zi, qo‘l ostida po‘lat ishlab chiqarish sohasida unga nisbatan ko‘prok bilimga ega kishilar ishlashi haqida menga gapirib berdi». Karnegi nihoyat o‘z savoliga javob topdi: «SHvabning ta’kidlashicha, unga bunday maoshni kishilar bilan unumli munosabatda bo‘la olishi uchun to‘lashgan». Odamlar bilan munosabatda bo‘lish uchun kuniga 3 ming dollar! Demak, muomala madaniyatini o‘rganish kapitalni unumli joylashtirish bilan barobar ekan. Deyl Karnegi kishilarning o‘zaro munosabatlariga bag‘ishlangan bir qancha qiziqarli kitoblar yozgan. Ulardan birida o‘zga kishilarga ta’sir o‘tkazish haqida foydali maslaxatlar beriladi. Bu kitob «Do‘st orttirish va kishi­larga ta’sir o‘tkazish haqida» deb nomlanadi. Ushbu kitobdan olingan ko‘chirmalar ilovada keltirilgan. Kar­negi tavsiyalarini o‘qib chiking, yodda saqlang va amalda qo‘llashga urinib ko‘ring. Bu sizga xayotingizni tubdan o‘zgartirish imkonini beradi.




Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin