Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Deyl Karnegining «DO‘ST ORTTIRISH VA



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə269/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Deyl Karnegining «DO‘ST ORTTIRISH VA KISHILARGA TA’SIR O‘TKAZISH HAQIDA» kitobidan ko‘chirmalar.


Odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarning asosiy uslublari.
1. Odamlar bilan munosabatga kirishar ekansiz, faqat aql bilan ish ko‘radigan emas, balki his-tuyg‘uga beriluvchi, ma’lum holatlarda taajublanuvchi va o‘z yutuqlari bilan mag‘rurlanuvchi, shuhratparast mavjudot bilan munosabatda ekanligingizni unutmang. Inson tabiati shunday ajoyibki, u hammani ayblashi mumkin. Faqat, o‘zini emas. YUzta holatning to‘qson to‘qqiztasida qanchalar aybdor bo‘lmasinlar, odamlar o‘zlarini aybsiz deb biladilar, bu masalada tanqiddan foyda yo‘q. Sababi tanqid ostiga olingan kishi o‘zini himoya qilishga, ya’ni o‘zini oqlashga harakat qiladi. Tanqid kishining g‘ururiga qattiq botishi bilan havflilir. CHunki kishi g‘ururiga tegish uning xafa bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Insonlarni muhokama qilish o‘rniga ularni tushunishga harakat qiling. Odamlar nega boshqacha emas, aynan shunday yo‘l tutishlarini tushunishga harakat kilaylik. Bu tanqid qilishdan ko‘ra foydaliroq va qiziqarliroq. SHunday qilsak atrofdagilarni tushunishimiz, sabr toqatli bo‘lishimiz va o‘zimizda hayrixohlik ruhini tarbiyalashimiz mumkin.
2. Insonning bitta xoxishidan bo‘lak barcha istaklarini qondirish mumkin. Ovqatlanish yoki uxlash bilan bab-barobar qudratga ega bo‘lgan bitta istak juda kam hollarda qondiriladi. Bu istak Freyd talqinida buyuk shaxs bo‘lish istagi bo‘lsa, Dyum uni «ahamiyatli shaxs bo‘lish istagi» deb ataydi. Insonni azoblovchi qondirilmas chanqoq ham ana shu. Bu chanqoqni qondira olgan o‘sha noyob shaxs odamlar qalblari ustidan hukmronlik qila oladi va «bu kishining o‘limi tobut yasovchini ham ranjitadi». SHunday ekan, keling o‘z yutuq va istaklarimiz haqida o‘ylashni bas qilsakda o‘zga kishilarning ijobiy tomonlarini baholashga harakat qilsak. Lablarimizdan uchib chiqmasdanoq hushomadga bapham bersak. O‘z fikringizni ochiqchasiga va bevosita kishining yuziga ayting. Odamlarning u yoki bu harakatlarini baholar ekansiz hamisha qalbingizga quloq soling va ta’bir joiz bo‘lsa maqtovingizni ayamang. Ana shundagina insonlar sizning so‘zlaringizni bir umr xotiralarida saqlaydilar, takror va takror tilga oladilar.
3. O‘z xohishlarimiz haqida gapirishning ne hojati bor. Axir bu bolalarga xos fazilat. Be’manilik. Albatta, siz o‘z istagingizdagi narsaga erishishni xoxlaysiz. Sizni faqat shu qiziqtiradi. Biroq boshqalarni siz­ning istagingiz bilan ishi yo‘q. Biz barchamiz shundaymiz: o‘z istagimiz amalga oshishini xoxlaymiz. SHuning uchun o‘zga kishilarga ta’sir o‘tkazishning yagona usuli - bu uning xoxishlari xaqida gapirish va ularga qanday erishish mumkinligini o‘rgatish. G.A. Overstir so‘zlarini yodda saklang: «Avvalo suhbatdoshingizni biror narsani istashga majbur qiling. Buni amalga oshira olgan kishi dunyoga hukmron bo‘ladi, uddalay olmagan esa yolg‘izlikka mahkumdir».

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin