Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universeteti magistratura bo


RUDA KONLARINI QAZIB OLISH TIZIMLARI TASNIFI



Yüklə 56,25 Kb.
səhifə2/10
tarix14.12.2023
ölçüsü56,25 Kb.
#140752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ITI G\'ayratjon

RUDA KONLARINI QAZIB OLISH TIZIMLARI TASNIFI
Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish fanini o’rganish, qazib olish tizimini tanlash va qiyoslab, taqqoslab baholash uchun quyidagi tasnif qabul qilingan.
А)ruda konlarini qazib olishda qo’llanilayotgan prof. M.I.Agoshkov taklif qilgan tizimlar quyidagicha tasniflangan.
I tasnif. Qazilgan bo’shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimi - bu tizimda rudani qazib olish natijasida hosil bo’lgan bo’shliq ochiq (bo’sh) qoldiriladi, to’ldiruvchi materiallar bilan to’ldirilmaydi (ko’porilgan ruda, qulatilgan jinslar). Rudani massivdan ajratib olishdan hosil bo’lgan bo’shliq, ruda massivida vaqtincha yoki doimiy qoldirilgan seliklar va mustahkamlagichlar (tirgak ustunlar) yaqinida bo’shliqning turg’unligi ta’minlanadi.
Ruda va aralashma jinslarning turg’unligi bu tasnifdagi tizimni qo’llash uchun asosiy shartidir.
II tasnif. Qazish bo’shlig’ida rudani magazinlab qazib olih tizimi - bu tizimga, rudani massivdan ajratib qazib olish natijasida hosil bo’lgan bo’shliq qo’porilgan ruda massasi bilan to’ldirib boriladi, rudaning blokdagi zahirasini ajratib olib bo’lganidan so’nggina rudani blokdan to’liq chiqaradi, atrof jinslarning turg’unligini ta’minlovchi vosita sifatida qoldirilgan ruda va rudamas jinslardan iborat seliklar xizmat qiladi, ba’zan tirgakli va shtangali mustahkamlagichlar ham qo’llaydi. Seliklar oralig’idagi magazinlangan ruda ularning yonlaridagi jinslar turg’unligini ta’minlashda yordamchi vosita rolini bajaradi. Magazinlab qazib olish tizimi uchun ruda va aralashma jinslarning turg’unligining asosiy shartlaridan biridir va ruda tanasining og’ish burchagi odatda tikka yaqin joylashgan bo’lishi va ruda zichlanib, yopishib qolmasligi asosiy shartidir.
III tasnif. Qazilgan bo’shliqni mustahkamlab qazib olish tizimi - bu tizim qo’llanilganda qazilgan bo’shliqda kovjoy ilgarilab siljishi bilan orqasidan kuchaytirilgan mustahkamlagichlar muntazzam ravishda o’rnatilib borishi bilan xarakterlanadi. Bu mustahkamlagichlar ruda va uning atrofidagi jinslar turg’unligini ta’minlovchi asosiy vositadir.
Bu tizim ruda va atrof jinslarning bosimi deyarli katta bo’lmaganida qo’llaniladi, lekin mustahkamlagichlar o’rnatilmasa ship jinslari tabaqalanib o’pirilib tushish xavfi mavjud.

Yüklə 56,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin