Yupqa o`ta qiya qatlamlarni ship-pog`onali sidirg`asiga qazish tizimi:
1 — kvershlag; 2 — qavat tashuvchi shtreki; 3 — kesuvchi pech; 4 — prosek; 5 - shamollatuvchi pech; 6 — shamollatuvchi shtrek.
Tashish kvershlagidan 10 m masofada qisqa pech o`tkazilib, undan tashish shtrekiga parallel prosek o`tkaziladi va u shtrek bilan pechlar orqali tutashtiriladi.
Kesuvchi pech o`tkazilgandan so`ng ko`mir qatlamida kavjoyga pog`ona shaklini beruvchi kirmalar pastdan yuqoriga yo`nalishida hosil qilinadi.
Pog`onaning tushish bo`yicha olchami — pog`ona uzunligi, cho`ziqlik bo`yicha ikki pog`ona o`rtasidagi masofa pog`ona o`zishi deyiladi. Barcha pog`onalar o`rtasidagi o`zish masofalarining yig`indisi pog`onalarning cho`zilishi deb ataladi.
Pog`ona balandligi qazilayotgan qatlamdagi ko`mirning qattiqligiga bog`liq bolib, qattiq ko`mirlar uchun 8—12 m, yumshoq ko`mirlar uchun esa 12— 16 m bo`lishi mumkin.
Pog`onalarning o`zishi qazib olinayotgan qatlam tiliklariga nisbatan karrali ravishda oshib borishi kerak. Masalan, tilik kengligi 0,9 m bo`lsa, o`zishi 1,8, 2,7, 3,6 ga teng bolishi kerak. Pog`ona balandligi qancha katta bolsa, o`zish kengligi ham shuncha katta bo`ladi. Biroq o`zish kengligi oshib borgan sari osilib turadigan ko`mir massivining qulab tushish xavfl ham ko`payib boradi. Shu sababli qattiq ko`mir qatlamlarini qisqa pog`onalar bilan qazishda pog`onani o`zishi 1,8 m, yumshoq ko`mirlarda 3,6 m dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Bu qazish tizimi kon-tayyorlov lahimlarining hajmi kichikligi, ularni o`tkazishda boshi berk kavjoylarning yo`qligi kabi afzalliklarga ega bolish bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xoli emas. Kon lahimlarini saqlab turish xarajatlarining kattaligi, ko`mir qatlamini oldindan qo`shimcha razvedka qilish imkoniyatining yo`qligi ushbu qazish tizimining kamchilik sirasiga kiradi.
Kavjoy to`g`ri chiziqli bo`lgan lava-qavat sidirg`asiga qazish tizimi tik qatlamlar ko`mirini faqat kombaynlar bilan qazib olishda qo`llanishi mumkin.