IV tasnif. Qazilgan bo’shliqni to’ldirib qazib olih tizimi - bu tizimda ruda massasini ajratib olish natijasida hosil bo’lgan bo’shliq to’ldiruvchi materiallar aralashma jinslarning turg’unligini ta’minlovchi asosiy vosita vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Ba’zan to’ldiruvchi materiallar o’pirilishi yoki yer yuzasi siljib cho’kishiga qarshi turadigan vosita sifatida ham qo’llaniladi. Har xil konstruktsiyali odiy va kuchaytirilgan mustahkamlagichlar qazish ishlarini ilgarilab siljishi (to’ldirish ishlaridan) avval o’rnatiladi. Ba’zan mustahkamlagichlar umuman o’rnatilmaydi.
Avvalgi ikki tasnifda, bo’shliqni to’ldirib qazib olih tizimidan farqi shundaki, bu tizimda katta maydonni ochiq qoldirib qazish ishlarini davom ettirish mumkin emas.
V tasnif. Atrof jinslarni qulatib qazib olish tizimi - bu tizim avvalgi ko’rilgan tasnifdagi tizimlarga nisbatan keskin farq qiladi, bunda qazishdan hosil bo’lgan bo’shliq qo’porilgan aralashma jinslar bilan to’ldirilib boriladi. Mustahkamlagichlar bilan katta o’lchamda bo’lmagan, kovjoy oldidagi bo’shliqning shipini o’pirilishidan saqlab turadi.
Birinchi tasnif tizimlarida turg’un bo’lmagan, o’pirilishga moyil bo’lgan aralashma jinslarni ushlab turish qanchalik qiyinchiliklar tug’dirgan bo’lsa, bu tasnifdagi tizimlarda ayni shunday bo’lishi, tizimni qo’llashga qulay imkoniyat beradi.
VI tasnif. Bu ruda va aralashma jinslarni qulatib qazib olish tizimlari
ham avvalgi tasniflardagi tizimlarga nisbatan shu bilan farq qiladi-ki, bu tasnifdagi atrof jinslardan tashqari ruda massivi ham qulatiladi, bunda avvaldan ruda massivining yonlari va tagi kesilib, ajratilgan bo’ladi. Buning natijasida qazilgan bo’shliq hosil bo’lishi bilan maydalangan rudaga va uning orqasidan o’pirilgan atrof jinslar bilan to’lib boradi. Blokdan avval ruda, so’ng o’pirilgan jinslar chiqariladi.
Qazib olish vaqtida V va VI tasnifiga tegishli tizimlarning holatiga ko’ra ular bir-biriga juda yaqin, shuning uchun ba’zan bularni bitta tasnifga, qulatib qazib olish tasnifi deb birlashtiradi, lekin tasnif ichida ikkita mustaqil guruhga bo’linadi. Atrof jinslarni qulatish va aralashma jinslari va rudani qulatish degan guruhga bo’linadi.
Lekin alohida ikkita mustaqil tasnifga ajratish to’g’ri bo’lgan bo’lar edi, chunki qazilgan bo’shliq qo’porilgan ruda bilan to’ldirilsa, uning ustiga qulagan rudasiz jinslar ruda massasini blokdan chiqarish, yuklash ish sharoitini tubdan uzgartiradi va tizimning konstruktiv elementlari bo’yicha ham bu sinfdagi tizimlarning o’xshashaligi juda kam
V va VI tasnifdagi qazish tizimlari qo’llanish sharotiga ko’ra ham farq qiladi, samaralorlikning asosoiy ko’rsatkichlari ham har xil.
Qavat va nimqavatlarni qulatib qazib olish tizimi, yuqori unumli qazib olish tizimi qatoriga kiradi. Tabaqalab qulatish va ship jinslarini qulatib qazib olish tizmlari esa o’zining kam unumdorligi bilan farq qiladi.