Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universeteti magistratura bo



Yüklə 56,25 Kb.
səhifə4/10
tarix14.12.2023
ölçüsü56,25 Kb.
#140752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ITI G\'ayratjon

VII tasnif. Kombinatsiyalashtirilgan qazib olish tizimi - bu tizim qalin qatlamli konlarni qazib olishda qavat yoki panellarni navbatma-navbat almashiladigan, bir-biriga nisbatan yaqin o’lchamdagi kameralarga va kameralararo seliklarga bo’ladi, bular ikki bosqichda ketma-ket har xil qazish tizimlarini qo’llab qazib oladi. Odatda kameralar birinchi navbatda pastdan yuqoriga qarata yo’nalishda qazib olinsa, seliklar ikkinchi navbatda yuqoridan pastga qarata yo’nalishda qazilib, qazish ishlari tugaganida kameralar birlashtiriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan qazib olish tizimi bir vaqtning o’zida ikkita mustaqil tizimni birgalikda qo’shib qo’llanishi emas, balki butunlay yangi yagona tizim deb qaralmog’i lozim, chunki tayyorlov ishlari, kesish ishlari, kamerada va kameralararo seliklarda qazish ishlari, blok bo’yicha birgalikda shunday bog’langan-ki, konstruksiyasi bo’yicha va texnologiyasi bo’yicha yagona yangi tizim hosil qilgan. Bunda ikki qazib olish tizimini bita kombinatsiyalashtirilgan qazib olih tizimiga birlashtirish, har bir tizimni alohida qo’llanilganiga nisbatan uni kombinatsiyalashtirib qo’llash, u tizimda qo’llanish chegarasini kengaytiradi. Uning amaliy ahamiyati ham shundan iborat.
B) ruda konlarini qazib olishda qo’llaniladigan qazib olish tizimlarini professor V.R. Imenitov taklif qilgan tasnifi quyidagi 7.2-jadvalda keltirilgan.
Ruda konlarini qazishda, qaziladigan bo’shliqning turg’unligini ta’minlash uchun ushlab turish usullarining belgilariga ko’ra tasniflarga va ular tizimlarga bo’lingan. I tasnifga qazilgan bo’shliqni tabiiy saqlab turish tizimi kiradi, bunda lahimlar atrofidagi bo’shliq turg’unligini saqlaydi. Ajratib qazib olishga faqat ajratib olish jarayoni, ikkilamchi maydalash va rudani chiqarish kiritiladi. Bu tasnif tizimi rudani chiqarish usuliga qarab ikkiga bo’linadi (a-guruhi mexanik usulda chiqarish; b-guruhi o’z og’irlik kuchi bilan chiqarish).
II tasnif tizimlari - bu tizimda ruda va atrof jinslarni qulatish nazarda tutiladi. (majburan, portlovchi moddalar qo’llab yoki o’z-o’zidan qulatish). Ikkinchi tizimdagi guruhlar ham ikkiga bo’linadi. Birinchi guruhga kiradigan qazib olish tizimida, qo’porilgan ruda blokning asosidan o’tilgan rudani blokdan chiqaruvchi lahimdan chiqariladi (rudani portlatib qo’porish, qavatni butun balandligi yoki nimqavat chegarasida amalga oshiriladi), ikkinchi guruh qazib olih tizimida qo’porilgan ruda nimqavatga tushiriladi.


Yüklə 56,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin