Qisqa kavjoyli qazish tizimlari Qisqa kavjoyli qazish tizimlariga kamerali, kamera-stolbali va qisqa stolbali tizimlar kiradi. Bu qazish tizimlari uchun koni bosimini boshqarish usuli umumiy bo'lib, qatlam shipining qulab tushishiga vaqtinchalik yoki doimiy qoldiriladigan seliklar i yordamida yo'l qo'yilmaydi. Ko'mir qazish ishlari esa qisqa kavjoylar bilan amalga oshiriladi.
Kamerali qazish tizimi qollanilganda qazish ishlari kameralarda bajariladi. Kameralar orasida keyinchalik qazib olinmaydigan seliklar qoldiriladi. Kameralar qatlam cho'ziqligiga nisbatan turli burchaklar ostida barpo etilishi mumkin. Shu bois kamerali tizim shaxta maydonini polli tayyorlashda ham, qavatli tayyorlashda ham qo'llanishi mumkin.
Kameralar doimiy va davriy joylashishi mumkin: birinchi holatda kameralar orasida o'lchamlari teng bolgan texnologik seliklar qoldiriladi, ikkinchi holatda esa qavat (yarus) hududida uchastkalarni bir-biridan ajratuvchi ancha keng seliklar qoldiriladi.
Kameralar kengligi atrof jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga ko'ra 4-12 m, uzunligi esa 200-300 m gacha bolishi mumkin. Kameralar orasidagi seliklar kengligi 2-6 m, uchastka seliklarining kengligi 5-10 m bolishi mumkin.
Kameralarda ko'mir qazish burgllab portlatish yoki mexanik usullarda olib borilishi mumkin. Kamerali qazish tizimi MDH mamlakatlari ko'mir konlarida juda kam qollaniladi, O'zbekistonda esa umuman qollanilmaydi, chunki bu qazish tizimi qollanilganda foydali qazilmaning yo'qotilishi 40% va undan ham ko'proq bolishi mumkin.
Kamerali qazish tizimi AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa chet el mamlakatlarida qollaniladi. Bu mamlakatlardagi ko'mir, tuz va boshqa mineral xomashyo konlarining kon-geologik, kon- texnik sharoitlari ushbu tizimni samarali qollash uchun imkon beradi.
Kamera-stolbali qazish tizimi qalinligi 1,5-3 m, oglsh burchagi 15° gacha bolib, 300 m gacha chuqurlikda joylashgan ko'mir qatlamlarini qazishda samarali qollanishi mumkin. Qatlam atrof jinslari turg'un va o'rtacha turg'unlikka ega hamda gazdorlik darajasi 10 m3/t dan ko'p bolgan qatlamlarni qazishda qo'llanilganda kamera-stolbali tizimning samaradorligi yanadaj ko'proq bo'ladi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu qazish tizimi o'z-o'zidan yonishga moyil, to'satdan ko'mir va gaz otilib chiqishi xavfiga ega, shuningdek, kon zarbasi bolishi mumkin bolgan ko' mir qatlamlarini qazish uchun tavsiya etilmaydi.
Kamera-stolbali qazish tizimida shaxta maydoni pollargal bo'linadi, ularning o'lchamlari qatlamning yotish sharoitigai nisbatan aniqlanadi. Polning qiya lahimidan kengligi 3,6-5,4 m bo'lgan juft shtreklar o'tkaziladi va ular anker mustahkamlagichlari bilan mustahkamlanadi. Yarusning qiyaligi bo'yicha balandligi 160-200 m bo'lib, teskari yo'nalishda qaziladi.
Kamera-stolbali qazish tizimi qo'llanilganda kengligi 5,4 m bo'lgan kameralar qatlam ko'tarilishi yo'nalishida yarusning bor balandligi bo'yicha o'tkazilib, anker mustahkamlagichi bilan mustahkamlanadi. Kameralar orasidagi seliklar kengligi 12-15 m gacha bolishi mumkin.
Dastlab o'zaro har 35-40 m da tutashtirmalar bilan birlashtiriladigan ikkita kamera o'tkaziladi. Ikkinchi kamera o'tkazilgandan keyin (bu kamera ehtiyot chiqish va shamollatuvchi lahim vazifasini ham o'taydi), shamollatish shtreki orqali kombayn birinchi kameraga kiritiladi va kameralararo qoldirilgan seliklarni diagonal kirmalar bilan qazish boshlanadi. Qazish tartibi yuqoridan pastga boladi.
Kirma (zaxodka) - bu qisqa kavjoy bolib, qazilgan bo'shliqqa bevosita yondashadi. Kirmaning uzunligi 7 m atrofida bocladi. Kirmalar orasida eni 1,0-1,5 m bolgan seliklar qoldirilgan bolib, ular keyinchalik mustahkamlagichlar qollanmasdan qazib olinishi mumkin.
Kameralararo qoldirilgan seliklar qazib olingandan so'ng uchinchi kamera o'tkaziladi, ikkinchi kameradan esa seliklar bartaraf etiladi (qazib olinadi).
Kamera-stolbali qazish tizimi qator afzallik va kamchiliklarga ega. Qazish va kon-tayyorlov lahimlarini o'tkazish ishlarida aynan bir rusumdagi agregatlar qollanishi natijasida kon-qazish ishlari texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarining yuqori bolishi tizimning asosiy afzalligi hisoblanadi. Biroq kamera-stolbali qazish tizimida ko'mirning yo'qotilishi juda katta (35-40% dan ham ko'proq bo'lishi mumkin). Shuningdek, ushbu tizimning qo'llanish doirasi ko'mir qatlamining og'ish burchagi, yotish chuqurligi va gazdorlik darajasi bilan cheklanadi.