Naqorat
Sumalakjon sumalak
Kovlaydi o`ttiz malak
Sumalagim sumalak
Elga rizq-u sumalak
Toshin topsang ayt tilak
Ox, mazzadir sumalak
Naqorat
Sumalakjon sumalak
Kovlaydi o`ttiz malak
Vaqir vuqur sumalak,
Shaqir shuqur toshlari
Chasir chusur olovi
Yuzing qizil qiladi
Naqorat
Sumalakjon sumalak
Kovlaydi o`ttiz malak
Shu payt buvi nabirasi bilan bayramga tashrif buyiradi. Salomlashib Navro`z bilan tabriklaydi va qo`lida olib kelgan undirilgan bo`g`doy haqida gapirib beradi.
Bolalarga qanday sumalak pishirish usullari haqida tushuntiradi. Boshlovchi minnatdorchilik bildirib 2015-yil “Qariyalarni e’zozlash yili” bilan va Navro`z bayrami bilan buvini tabriklaydi va o`tirishga taklif etadi.
Bolalar she’rlar o`qiydilar
Maftuna:
Sen kelganda yasharar
Yer-u ko`k dala bo`ston
Gullar bilan burkanar
Bo`lar yana bog` chaman
Eng sevimli xush ayyom
Navro`zi ayyom keldi
Zumradxon:
Navro`z keldi yoz keldi
Turna keldi g`oz keldi
Yam yashil chorbog`lardan
Bulbuldek ovoz keldi
Navro`zi gul rango rang
Rangin baxorimga salom
O`ng ko`zimning gavxari
Guli baxorimga salom
Abubakr: Keldi bahor, gul bahor
Erib ketdi oppoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Endi qizlar ijrosida “Olma pishganda keling” raqsi.
Qizlar chiqadi. 2 qiz qo’lida gul bilan.
Mumtozbegim: -Guldek ochilib yuring O’g’ilxon
O’g’ilxon:- Siz ham guldek ochilib yuring. Rahmat.
Zumradxon-Maftuna bir-biriga suv sepadilar.
Suvdek serob bo’ling Maftunaxon. Rahmat.
Hosilingiz mo’l bo’lsin Zumradxon.
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar, bugun bizni bolajonlar ham kichik hangomalar tayyorlab kelishgan. Marhamat eshitamiz.
-gulmisiz, sumbulmisiz, rayhonmisiz Rizoxon?
-aytganingizman
-unda bog’imizda yerdan unib chiqqan boychechakmisiz?
- gulmisiz, sumbulmisiz, rayhonmisiz Anoraxon?
-aytganingizman
-unda toqqa chiqaman, qizlarga lola terib beraman deb yiqilib tushgan sizmisiz?
Rahmat bolajonlar. Askiya payrovlariga ham usta ekansizlar.
Hurmatli mehmonlar, shu bilan Navro’z umumxalq bayramiga tayyorlab kelgan ertaligimiz ham nihoyasiga yetib bormoqda. To’rt misra she’r bilan bayram ertaligimizga yakun yasaymiz. Lekin har bir honadonda har bir qalblarda Navro’z xursandchiligi yil davomida saqlanib turishiga tilakdoshmiz.
Bugun yashnagan elning Navro’z kunidir.
Dil quvonar tikilsam, hammayoq guldir.
Navro’z bayram elimda, zavqim qaynar dilimda
Qalbda bahor nafasi, elda bayram tantana.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |