1-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Jins xosil qiluvchi menerallarning fizik xususiyatlari. Menerallarning qattiqligi va ulanish tekisligi va sinishi.
NAZARIY QISM Yer qobig’ining ichida va uning sirtida bolib turadigan xilma-xil fizik-ximiyaviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy ximiyaviy birikmalar yoki sof tug’ma elementlarni minerallar deb yuritiladi. Ya’ni ular yer qobig‘idagi mavjud bolgan ma’lum fizik-ximiyaviy va termodinamik (temperatura, bosim, komponentlar tarkibi) sharoit mahsulotidirlar. Hozirgi vaqtda ma`lum bolgan va mineralogiya kursida tekshiriladigan 3000 ga yaqin minerallarni juda oz qismi tabiatda keng tarqalgan bolib, ular asosan tog jinslarining tarkibida uchraydilar. Shuning uchun ham ularni jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalari murakkab asboblar va kop mehnat talab qiluvchi ximik, termik va boshqa analizlar jins yaratuvchi minerallarni muhim xususiyatlarini aniqlashda katta yordam beradi. Ularga qo`yidagilar kiradi:
Morfologik xossalari-kristall formalari, ularning tabiiy o`simtalari agregatlarini tuzilishi, konkretsiyalar, keodalar, solitlar.
Boshqa xossalari-solishtirma og`irligi, magnitik xususiyati va boshqalar.
Minerallarning fizik xossalari Minerallarning fizik xossalariga ularning rangi, yaltiroqligi, shaffofligi, sinishi, qattiqligi, solishtirma og’irligi va boshqa xossalari kiradi.
Minerallarning fizik xossalarini talabalar yaxshi o`zlashtirishlari uchun quyida ulardan ba’zi birlarining qisqa ta’rifini keltiramiz.