Nazariy qism



Yüklə 70,78 Kb.
səhifə1/2
tarix18.11.2023
ölçüsü70,78 Kb.
#132748
  1   2
1 amaliy


1-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Jins xosil qiluvchi menerallarning fizik xususiyatlari. Menerallarning qattiqligi va ulanish tekisligi va sinishi.


NAZARIY QISM
Yer qobig’ining ichida va uning sirtida bolib turadigan xilma-xil fizik-ximiyaviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy ximiyaviy birikmalar yoki sof tug’ma elementlarni minerallar deb yuritiladi. Ya’ni ular yer qobig‘idagi mavjud bolgan ma’lum fizik-ximiyaviy va termodinamik (temperatura, bosim, komponentlar tarkibi) sharoit mahsulotidirlar. Hozirgi vaqtda ma`lum bolgan va mineralogiya kursida tekshiriladigan 3000 ga yaqin minerallarni juda oz qismi tabiatda keng tarqalgan bolib, ular asosan tog jinslarining tarkibida uchraydilar. Shuning uchun ham ularni jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalari murakkab asboblar va kop mehnat talab qiluvchi ximik, termik va boshqa analizlar jins yaratuvchi minerallarni muhim xususiyatlarini aniqlashda katta yordam beradi. Ularga qo`yidagilar kiradi:

  1. Morfologik xossalari-kristall formalari, ularning tabiiy o`simtalari agregatlarini tuzilishi, konkretsiyalar, keodalar, solitlar.

  2. Optik xossalari-mineral bo`lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroqligi.

  3. Mexanik xossalari-mineralning qattiqligi (MOOS shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va mo`rtligi.

  4. Ximik xossalari-xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishi, erishi, mazasi va hidi.

  5. Boshqa xossalari-solishtirma og`irligi, magnitik xususiyati va boshqalar.

Minerallarning fizik xossalari
Minerallarning fizik xossalariga ularning rangi, yaltiroqligi, shaffofligi, sinishi, qattiqligi, solishtirma og’irligi va boshqa xossalari kiradi.
Minerallarning fizik xossalarini talabalar yaxshi o`zlashtirishlari uchun quyida ulardan ba’zi birlarining qisqa ta’rifini keltiramiz.

Yüklə 70,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin