Nazorat savollari.
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Din nima?
Din so’ziga qanday ta’riflar berilgan?
Dinlarni o’rganish qachonda boshlangan?
Ibtidoiy dinlar deganda nimani tushunasiz?
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
1.Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad – kishilarda dinning kelib chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.
Kursning vazifasi – kishilarda din to’g’risida bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga, insonni kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir.
Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa, ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning yana bir vazifalaridandir.
Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga uyg’unlashishi, hozirgi mustaqil O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.
Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayayn jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sostiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi 2 asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sostioliyasi tez rivojlandi. Bulardan tashqari dinshunoslikning in antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi kabi tarmoqlari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishda foydalanish mumkin.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga tajovuzkor hujum etish uslubining salohiyatsizligi hamma ochiq-oydin bo’lib qoldi. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi.
O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajralib yashagan bir davrda, /arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilar bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassislarni etishtira boshladilar.
Din – e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni xar qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson dinga o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga olib keladi.
Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Binobarin, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida iste’dodli, qobiliyatli olim va shoirlardan iborat xalq farzandlari etishib chiqib o’z ilg’or fikrlari bilan din, fan va madaniyatning turli sohalarini rivojlantirib hurfikrlik mazmunini boyitganlar.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni vaqtda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas. Xalq dinsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi.
Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.
Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib ketishiga asos bo’ldi.
2.Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxs va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |