Nazorat savollari


Dinlarni o’rganish qachondan



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə5/6
tarix20.06.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#117094
1   2   3   4   5   6
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat

Dinlarni o’rganish qachondan boshlangan?
Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganish qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o'zining dolzarb ahamiyatini yo'qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar paydo bo'lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma'lumotlar ilmiy xulosa chiqarishimiz uchun yetarli emas.
Qadimgi davrlardan dinni o'rganishda muammoga yondashuv va ular- ni hal etish usullari bilan o'zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiy yo'nalishlar yuzaga kelgan.
Ilohiyot ta'limotiga ko'ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo'lgan xristianlik ta'limotiga binoan xudo insonni o'zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo'lgan. Lekin, Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo'l qo'yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo'ldi. Lekin xudo insonga xalos bo'lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, inson- ning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo'lidagi faoliyati umumiy nom bilan din deb ataladi.
Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo'lganidan keyin jaholat, zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshi tinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo'lgan inson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabki qadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan. Injilda qayd etilishicha, inson dastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag'ishlagan va yo'l qo'ygan xatosi uchun har qanday sinovlardan o'tishga tayyorligini namoyish etgan.
Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to'g'risidagi bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani yo'q.
Kishi xudoga e'tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig'inishdan boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko'pxudolik paydo bo'lgan. Uzoq vaqt davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig'inish yana qayta tiklandi. Ilohiyot an'analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o'rganadi.
Fan dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishda boshqa prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g'ayritabiiy kuch faoliyati natijasida paydo bo'lganligi g'oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o'rganadi. Dinni ilmiy o'rganish dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy fanlardan oladi.
Tarixiy manbalarga ko'ra insoniyat hozirgi holatga ega bo'lishi uchun bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o'tgan. Bu jarayon bir qator bosqichlarga bo'linadi. Miloddan avvalgi 40-35-ming yilliklarda «Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o'rnini «Xomo sapiyens» (ongli odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o'zaro munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat elementlari vujudga kelgan.
Bizgacha yetib kelgan arxeologik manbalarning tasdiqlashicha, yuqori paleolit davridan boshlab odamlar vafot etgan urug'doshlarini ko'mish marosimini amalga oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo'yoq surtilgan, qabriga ov va mehnat qurollari, maishiy buyumlar qo'yilgan. Qoya va g'orlarda chizilgan sujetlarda odamlar yarim odam va yarim hayvon qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma'lumotlar ham o'sha vaqtda dinning paydo bo'lganligini ko'rsatadi.
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o'rganish qadimgi davrlardan boshlangan. Dastlabki ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O'rta Yer dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo'lgan. O'rta Yer dengizi havzasida vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga kelishini ilmiy o'rganishda katta yutuqlar qo'lga kiritilgan. Qadimgi grek mutafakkirlari bunga munosabat masalasida ikki oqimga bo'linadi. Birinchi oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e'tiqod qilishi sabablarini ruhiy (ideal) kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog'lab tushuntirganlar; ikkinchi oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini axtarib topishga harakat qilganlar. Ularning fikrlariga ko'ra, din o'z-o'zidan (immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni qo'rqitish va jamiyat qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o'ylab topilgan. Qadimgi grek mutafakkirlaridan biri bo'lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi dahshatli kuchlardan qo'rqishlari va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo'lmaydi, lekin xudoga munosabatda odamlarda ko'proq qo'rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat tuyg'usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo'rqinch hissining odamda naf- ratni vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy borliq bilan uzviy bog'lab tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
O'rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta'sirida dinning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o'rni va mavqei yanada ortdi. Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da'vogarlik qilish bilan birga hurfikrlikning har qanday ko'rinishlariga qarshi keskin kurashdilar. Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo'lidagi sa'y-harakatlarida diniy dogmalar doirasidan chetga chiqishga yo'l qo'yilmadi.
Yevropada Uyg'onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda amalga oshirilgan o'zgarishlar (kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san'atning yuksalishi, gumanizm va reformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana boshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas Gobbs (1588-1679 yillar) dinning vujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini bilmasligi, ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika va qo'rquvda yashashlari bilan bog'lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkir B. Spinoza esa (1632-1677 yillar) T. Gobbsning g'oyalarini rivojlantirgan.



Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin