5. Bekobod metallurgiya zavodi qachon ishga tushirilgan?
A) 1946-yil; B) 1950-yil; C) 1956-yil; D) 1966-yil.
6. Quyida keltirilgan javoblardan yengil metallar guruhi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
A) Oltin, kumush, platina; B) Uran, germaniy;
C) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin; D) Aluminiy, magniy, titan.
7. Volframning erish harorati necha gradusni tashkil etadi?
A) 32200C; B) 33500C; C) 33700C; D) 36000C;
8. Qiyin eriydigan qattiq qotishmalar zavodi Respublikamizdagi qaysi shaharda joylashgan?
A) Ohangaron; B) Olmaliq; C) Navoiy; D) Chirchiq.
9. Respublikamiz hududida hozirgi kunga kelib tarkibida oltin va kumush bo‘lgan nechadan ortiq ruda konlari aniqlangan?
A) 30 dan ortiq; B) 50 dan ortiq; C) 20 dan ortiq; D) 10 dan ortiq;
10. Quyida keltirilgan javoblardan qaysi birida qishloq xo‘jaligi mashinasozligining asosiy korxonalari keltirilgan?
A) Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Samarqandda superfosfat zavodi;
B) Qizilqum fosforit kombinati, Sho‘rsuv oltingugurt koni;
C) “Toshqishloqmash”, “O‘zbekqishloqmash”, “Chirchiqqishloqmash”;
D) Toshkent traktor zavodi, Chirchiq elektr-kimyo kombinati;
11. 1994-yilda qaysi davlat bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma korxonada paxta teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi?
A) Isroil; B) Turkiya; C) AQSH; D) Xitoy.
12. Hozirgi vaqtda mashinasozlik tarmoqlarida necha mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda?
A) 50 ming; B) 100 ming; C) 200 ming; D) 150 ming.
13. Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonalar soni nechtaga yetdi?
A) 150 ta; B) 200 ta; C) 250 ta; D) 300 ta.
14. O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Madagaskar, JAR, Angola, Gabon; B) Livan, Iordaniya, Tunis, Liviya;
C) Livan, Nigeriya, Misr, Gana; D) Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston.
Dostları ilə paylaş: |