Javob:Mashinasozlik majmuasi
NAZORAT ISHI (NI) – IV Nazorat shakli: Test sinovi Mavzular: Yog‘ochni qayta ishlash sanoati – Chorvachilik
1. Mamlakatimizning yog‘och-taxta xomashyosiga bo‘lgan yillik ehtiyoji necha mln kub metrdan ortmoqda? A) 15 mln kub metr; B) 10 mln kub metr;
C) 5 mln kub metr; D) 25 mln kub metr.
2. Respublikamizda nechaga yaqin o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar bor? A) 100 ga yaqin; B) 80 ga yaqin; C) 50 ga yaqin; D) 150 ga yaqin;
3. Mustaqillik yillarida Respublikamizning qaysi shaharlarida duradgorlik buyumlari zavodlari ishga tushirildi? A) Toshkent va Andijon; B) Qo‘qon va Marg‘ilon;
C) Toshkent va Asaka; D) Farg‘ona va Jizzax.
4. Toshkent shahridagi “O‘z Ellas” gugurt zavodi qaysi davlat bilan hamkorlikda tashkil etilgan? A) Fransiya; B) Italiya; C) Ispaniya; D) Gretsiya.
5. Quyida keltirilgan sement kombinatlari ichida qaysi birlari eng yirik kombinatlar sanaladi? A) Quvasoy va Ohangaron; B) Angren va Bekobod;
C) Ohangaron va Navoiy; D) Quvasoy va Angren.
6. Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining nechtasidan marmar qazib olinmoqda? A) 5 tasidan; B) 10 tasidan; C) 14 tasidan; D) 18 tasidan.
7. Respublikamizning qaysi viloyatlarida silikat bloklari ishlab chiqaradigan zavodlar qurilgan? A) Toshkent, Farg‘ona, Samarqand; B) Jizzax, Xorazm, Buxoro;
C) Qarshi, Termiz, Urganch; D) Xorazm, Buxoro, Farg‘ona.
8. Qishloq xo‘jaligida mehnat predmeti ham, mehnat vositasi ham nima hisoblanadi? A) zamonaviy texnika; B) tajribali dehqon;
C) yer; D) suv.
9. Ekstensiv qishloq xo‘jaligi deb nimaga aytiladi? A) Agar qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga ko‘paysa;
B) Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti maydon birligida agrotexnika vositalaridan samarali foydalanish evaziga hosildorlikni oshirishga erishish va chorva zotlarini yaxshilash hisobiga uning mahsuldorligi oshsa;
C) Mamlakatdagi mavjud qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardan unumli foydalana olmaslik;
D) Mamlakatdagi mavjud qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardan unumli foydalanish, zamonaviy agrotexnika vositalaridan foydalanish