11. Mamlakatda yetishtiriladigan paxta yalpi hosilining 1/4 qismini beradigan iqtisodiy rayon nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Zarafshon; B) Toshkent; C) Farg‘ona; D) Mirzacho‘l.
12. Quyida keltirilgan shaharlardan qaysi birida akkumulator zavodi, trikotaj fabrikasi, polietilen ishlab chiqaruvchi va qurilish materiallari zavodlari bor. A) Zarafshon; B) Guliston; C) Jizzax; D) Yangiyer.
13. Quyida keltirilgan shaharlardan qaysi birida XX asr boshida tegirmon, juvozkashlik, temirchilik va kulolchilik korxonalari bo‘lgan? A) Zarafshon; B) Guliston; C) Jizzax; D) Yangiyer.
14. Quyida keltirilgan iqtisodiy rayonlardan qaysi biri O‘zbekistonda yetishtirilayotgan pillaning 45 foizga yaqinini beradi? A) Farg‘ona; B) Toshkent; C) Mirzacho‘l; D) Zarafshon.
15. Quyida keltirilgan iqtisodiy rayonlardan qaysi biri temiryo‘l bilan ta’minlanish darajasi bo‘yicha mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan 2 marta yuqori turadi? A) Toshkent; B) Farg‘ona; C) Mirzacho‘l; D) Zarafshon.