19. 1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri yaqinida qaysi buyuk hadisshunos olimga bag‘ishlab me’moriy majmua barpo qilindi? A) imom al-Buxoriy; B) imom Zahabiy;
C) imom Termiziy; D) imom Moturudiy.
20. Zarafshon daryosining o‘rta oqimida joylashgan shaharni belgilang. A) Kattaqo‘rg‘on; B) Chelak; C) Samarqand; D) Urgut.
Testlar javobi
№
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Javob
B
A
C
D
C
B
A
D
A
B
C
D
A
D
A
D
C
B
A
C
NAZORAT ISHI (NI) – VIII Nazorat shakli: Test sinovi. Mavzular: Navoiy viloyati – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1. Quyida keltirilgan viloyatlardan qaysi biri mamlakatimizning eng kenja viloyati hisoblanadi? A) Jizzax; B) Sirdaryo; C) Navoiy; D) Buxoro.
2. Navoiy viloyatining qaysi tumanlarida aholi nihoyatda siyrak joylashgan? A) Konimex, Navbahor, Xatirchi; B) Qiziltepa, Nurota, Tomdi;
C) Zarafshon, Uchquduq, Yangirobod; D) Tomdi, Uchquduq, Konimex
3. Navoiy viloyatida qorako‘lchilikka ixtisoslashgan tumanlar ichida qaysi tuman bu sohaning rivojlanganligi bo‘yicha alohida ajralib turadi? A) Tomdi; B) Xatirchi; C) Qiziltepa; D) Uchquduq.
4. Malikcho‘l sarhadlarida topilgan tuf konidan yiliga 2-3 mln tonna tuf qazib olinsa, kon zaxirasi necha yilga yetishi aniqlangan? A) 35-40 yil; B) 45-50 yil; C) 25-30 yil; D) 15-20 yil.
5. Muruntov kon qazib olish sanoati bazasida 1972-yilda barpo etilgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) Nurota; B) Uchquduq; C) Qiziltepa; D) Zarafshon.
6. Quyidagi shaharlardan qaysi biri qadim zamonlardan beri zardo‘zlik, shoyi to‘qish, zargarlik, miskarlik, ganchkorlik va yog‘ochga naqsh solish hunarlari bilan dunyoga mashhur hisoblanadi? A) Qorovulbozor; B) Samarqand; C) Buxoro; D) Xiva.
7. Pachkamar suv ombori qaysi daryoda qurilgan? A) G‘uzordaryo; B) Oqsuv; C) Tanxozdaryo; C) Yakkabog‘.