10-SINF Nazorat ishi (NI) – I Mavzu: Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha. Geografik qobiqning kenglik zonalligi va sektorligi.
Nazorat shakli: Test sinovi.
1. Kichik hududlar tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini tadqiq qiluvchi fan qaysi? A) Geomorfologiya; B) Geokriologiya;
C) Landshaftshunoslik; D) Geobotanika;
2. Geografiya fanlar tizimidagi qaysi fan geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o‘rganadi? A) Geomorfologiya; B) Geokriologiya;
C) Kartografiya; D) Geobotanika;
3. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qaysi yunon olimi o‘z tadqiqotlari orqali Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi? A) Gomer; B) Pifagor; C) Ptolemey; D) Aristotel;
4. 1466-1472-yillarda Hindistonga sayohat qilib “Uch dengiz osha sayohat” asarini yozgan sayyoh kim? A) A.Nikitin; B) Marko Polo; C) F.Magellan; D) Erik Rauda;
5. Qaysi fan uchta (geografiya, tarix, filologiya) fanlari orasida vujudga kelgan? A) Geomorfologiya; B) Toponimika;
C) Kartografiya; D) Tibbiyot geografiyasi;
6. Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa qanchaga teng? A) 150 mln.km; B) 10-18 ming yorug‘lik yiliga teng;
C) 384 ming.km.; D) 23-28 ming yorug‘lik yiliga teng;
7. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida 200–220 km/s tezlik bilan harakatlanib uning atrofini qancha muddatda to‘liq aylanib chiqadi? A) 180-220 mln.yilda; B) 100-120 mln.yilda;
C) 300-350 mln.yilda; D) 10-20 yilda;
8. Yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi nima deyiladi? A) Perigeliy; B) Orbita; C) Afeliy; D) Somon yo‘li;
9. Vulqon krateridan otilib chiqadigan lavaning harorati necha 0C gacha yetadi? A) 10000C; B) 15000C; C) 20000C; D) 5000C;
10. Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni necha mlrd.yil davom etgan? A) 7 mlrd.yil; B) 2 mlrd.yil; C) 5 mlrd.yil; D) 4 mlrd.yil;