Nazorat ishi (NI) – IV Mavzu: Yevropa subregionlari. O‘zbekistonning geoekologik muammolari.
Nazorat shakli: Test sinovi 1. Yevropa davlatlari odatda nechta yirik subregionlarga bo‘linadi? A) 8 ta; B) 6 ta; C) 4 ta; D) 5 ta;
2. Sharqiy Yevropadagi qaysi davlatlar hududiy davlat tuzilishi jihatidan federativ davlatlar hisoblanadi? A) Rossiya, Belarusiya; B) Rossiya, Bosniya va Gersegovina;
C) Xorvatiya, Sloveniya; D) Serbiya, Makedoniya;
3. Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda nechta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud? A) 33 ta; B) 44 ta; C) 38 ta; D) 24 ta;
4. Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017-yil holatiga ko‘ra qancha aholi yashaydi? A) 206 mln; B) 121 mln; C) 350 mln; D) 650 mln;
5. Lotin Amerikasi hududidagi eng sust rivojlangan davlat qaysi? A) Gayana; B) Gvatemala; C) Gaiti; D) Gonduras;
6. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan qanday mintaqalarga ajratiladi? A) Orol, quruqlik, yarimorol davlatlar;
B) Fransuz Polineziyasi va Yangi Zelandiya;
C) Amerika Samoasi, Pitkern, Yangi Kaledoniya;
D) Melaneziya, Mikroneziya, Polineziya;
7. Okeaniya davlatlari hissasiga jahon bo‘yicha ananas eksportining qancha qismi to‘g‘ri keladi? A) 90 %i; B) 10 %i; C) 70 %i; D) 20 %i;
8. Janubiy Osiyo mintaqasiga jahon YMM ning necha % dan ortig‘i to‘g‘ri keladi? A) 6 %i; B) 9 %i; C) 7 %i; D) 2 %i;
9. Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan Indoneziya, Malayziya va Bruney davlatlari aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi? A) buddizm; B) xristianlik; C) islom; D) yahudiylik;
10. Markaziy Osiyo subregionida joylashgan qaysi davlat hissasiga umumiy ishlab chiqarish hajmining 25,8% i to‘g‘ri keladi? A) Qozog‘iston; B) Tojikiston; C) Turkmaniston; D) O‘zbekiston;
Testlar javoblari