Ishning maqsadi: suyuq yoqilg‘i, erituvchilar va tiniq neft mahsulotlarini haydovchi qurilmalarning ish jarayoni bilan tanishish va tajribaviy yo‘l bilan bu mahsulotlarni olish.
Kerakli jihozlar: xom neft mahsuloti, benzin, ligroin, kerosin, reaktiv va dizel yoqilg‘ilarini ajratuvchi qurilma.
Qurilmaning tavsifi
Qurilma quyidagi qismlardan iborat:
Engler shisha kolbasi.
Qalinligi 0,5 mm, shtativning ikki nuqtasiga mahkamlangan kolba joylashishi uchun tayyorlangan temir qoplama. Qoplamaning olinadigan qismida uning pastki qirrasidan boshlab kolbaning chiqarish trubkasi uchun tirqish qoldirilgan. Tirqishning uzunligi 120±5mm.
Qoplam quyi qismining yuqori tomoniga uchta vintli metall halqa biriktiriladi. Halqada qoplamni metall shtativga mahkamlash uchun vintli qisqich mavjud. Qoplamning yon tarafida yonish mahsulotlarini chiqarish uchun mo‘ljallangan, diametri 15 – 20 mm bo‘lgan ikkita doiraviy tirqish mavjud. Metall halqaning tashqi tomonida joylashgan diskiga qalinligi 3 – 5 mm va diametri 100 mm li asbest qatlam joylashtiriladi. Bu qatlamda benzin va ligroinni haydash uchun diametri 30 mm li yoki kerosin, reaktiv va engil dizel yoqilg‘ilarini haydash uchun diametri 50 mm li doiraviy tirqish o‘yilgan. Og‘ir dizel yoqilg‘isini haydash uchun 40 – 50 mm li oval tirqishli asbest qatlamli qurilma qo‘llaniladi.
Cho‘zilgan latun trubkadan tayyorlangan va metall vannaga kavsharlangan, suv kiritish va chiqarish trubkalari bilan ta’minlangan sovutgich.
00 C dan 3600 C gacha bo‘limlarga bo‘lingan, to‘liq botirilganda 10 dan darajalangan, uzun o‘ringa o‘rnatilgan termometr. Termometr ko‘rsatkichlari simob chiqadigan ustunga tuzatma kiritishni talab etmaydi.