Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Kreking katalizatorlari. 
Turli avlodlarga mansub mahalliy katalizatorlar ko’p 
jihatdan 
xorijiy 
katalizatorlarga 
o’xshab 
ketadi, 
chunki 
ularni 
mukammallashtirish asosan aynan bitta yo’nalishda amalga oshiriladi. Xorijiy 
firmalar o’zlarining yangi katlizatorlari tarkib sirlarini va olinish usullarini juda 
qat’iy
 
yashirishadi, 
shuning 
uchun 
mahalliy 
tadqiqotchilar
 
kreking 
katalizatorlarini o’zlari mustaqil ravishda ishlab chiqishdi. Katalizatorlar faollik 
va selektivlik, barqarorlik (faollik va selektivlik paytida saqlanib qolish), 
g`ovakli va solishtirma sirt, ezilishga va yeyilishga mexanik mustahkamlik 
yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lishi lozim. Katalizatorlar bir xil faza tarkibiga, 
berilgan o’lchamdagi g`ovaklarga, eng tor granulometrik tarkibga (zarrachalar 
o’lchamlarining maksimal bir xilligiga) ega bo’lishi lozim.
 
Katalizatorlar
komponentlari va ularni tayyorlash texnologiyasi ayniqsa 
yirik ishlab chiqarish hajmlari uchun 
arzon 
bo’lishi lozim. 
Turli avlodlarga 
mansub 
krekingning seolit saqlagan mikrosferik katalizatorlari soni ancha ko’p: 
KMЦ, KMЦR, AShNЦ-3, 6 va 12, Seokar-2 va 2a, Mikroseokar-5 va 8, RSG-
2st, Durabead-5, 8 va 9, XZ-36, PCZ, CCZ-22 va 44, DHZ-15 va boshq. shular 
jumlasidandir. Bular yuqori g`ovakli alyumosilikatlar bo’lib, o’rtacha diametri 
0,05-0,10 mm 
bo’lgan mikrosferik zarrachalar ko’rinishidagi 
X va Y turdagi 
15-20
 % seolit 
yoki uning modifikastiyalarini saqlaydi. Seolit saqlagan kristallik 
katalizatorlar s
intetik seolitlar -
alyumokremniy tuzlar Al
2
O
3
• SiO
2
asosida 
tayyorlanadi. Bunda Al
2
O

miqdori 13-50 mas. % va SiO

miqdori 63-85 mas. 
% bo’lishi mumkin. X va Y turdagi seolitlarda kirish teshiklari o’lchamlari 1 nm 
atrofida (nanoo’lchamlar), 
ichki g`ovaklar o’lchamalri esa 6-9 nm bo’ladi. 


202 
Katalizatorlarning 100 - 450 solishtirma sirtda solinma zichligi 600-800 
kg/m
3
gacha bo’ladi, biroq ko’pincha bu ko’rsatkich 250 m
2
/g ni tashkil qiladi. 
Zamonaviy kristallik katalizatorlar 760-780 °S haroratgacha barqaror bo’lishi 
mumkin. 
So’nggi yillarda 
o’ta yuqori kremneziyli 
seolitlar juda ko’p ishlatilib, ular 
sanoat katalizida katta inqilobni chaqirishdi (AQSh da ular ZSM firma nomiga 
ega). Jahon bozorida ko’p sonli ishtirokchilar orasida katalizatorlarning eng 
katta partiyalarini qo’yidagi firmalar sotishadi: «Grace Davision» (AQSh) - 72 
% gacha, «Akzo-Nobel» (Gollandiya) - 18 % va «Enhelhard» (AQSh) - 10 %. 
Shuningdek kreking katalizatorlari boshqa ishlab chiqaruvchilari - «Mobil Oil», 
«Union Carbide», «Akzo Chemie» va boshq. firmalar ham ma’lum. Xususan, 
1992 yildayoq «Mobil Oil» (AQSh) firmasi 2-10 nm (nanoo’lchamlar) 
o’lchamdagi g`ovaklarni saqlagan seolitlarning yangi sinfini sintezlagan bo’lib, 
ularning asosidagi ZSM5 markali katalizatorlar yuqori selektivlikka ega 
katalizatorlarni ishlab chiqarish uchun katta hissa qo’shdi.
Rossiya 2006 yilda neftni qayta ishlash zavodlariga ega 125 mamlakat 
orasida neftni qayta ishlash katalitik texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha 60 
o’rinda turardi («Lukoyl» OAJ ma’lumotlari). 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin