14.6- jadval
Neftni qayta ishlashzavodlarida katalitik texnologiyalaridan foydalanish
NQIZ da katalitik jarayonlar
(2006 y.)
Import katalizatorlaridan bog`liqlik, %,
va ularning umumiy sarfi, ming t/yil
Katalitik kreking
Riforming
Neft fraksiyalarini gidrotozalash
Gidrokreking
Izomerizatsiya
80 va 18, shu jumladan flyuid 11
70 va 3,5
70 va 6-8
100 va 0,5
70 va 0,5
203
Katalitik kreking qurilmalari
. Harakatlanuvchan sharikli amorf katalizatorli
birinchi qurilma bo’lib 43-1 turidagi qurilma bo’lgan, uning rivojlantirilgan
varianti bo’lib 43-102 turi bo’ldi, keyinchalik 1B, 1A, 1A/1M, 43-103, 43-
103M, 43-104 turidagi FKK qurilmalari, shuningdek dastlab mikrosferik amorf
katalizator asosidagi kombinatsiyalangan qurilma GK-3 katalizator bloki ishga
qo’yildi, keyinchalik qurilmalar mikrosferik kristallik katalizator uchun
modernizatsiya qilindi. G-43-107 kombinatsiyalangan qurilmasi xom-ashyoni
gidrotozalash blokiga, FKK blokiga va rektifikatsiya blokiga ega.
So’nggi yillarda dunyodagi neftni qayta ishlah zavodlarida mikrosferik
katalizator mavhum suyultirilgan qatlamida katalitik kreking yangi
qurilmalarini yaratish bo’yicha texnik va tijorat faolligi FKK qo’llanilish butun
davri uchun
krekin yuqori darajaga
chiqdi. Dunyoda FKK qurilmalari bilan 330
dan ortiq neftni qayta ishlah zavodlari jihozlangan, bunda FKK qurilmalarining
umumiy quvvati yiliga taxminan 1000 mln. t ni tashkil qiladi. G`arbiy Yevropa
mamlakatlarida neftni qayta ishlash hajmida katalitik kreking taxminan 16 % ni
tashkil qiladi, Yaponiyada– 17%, AQSh da– 36%, Rossiyada esa - 6 %. 1980-
1990 yillarda xom-ashyoni
nazorat qilinadigan katalitik kreking
(katalitik
reaktsiyalar - asosiylari, termik reaktsiyalar esa minimal) asosida benzin
fraksiyalarga o’zgartirish (konversiya) davrida selektivlikni oshirish maqsadida
FKK jarayoni «UOP», «Kellogg», «Shell», «ABB Lummus», «Stone Webster»
va boshqa firmalar tomonidan sezilarli mukammallashtirilgan edi. Bunda lift-
reaktorni va yuqoriroq zichlikdagi katalizatorda ishlash uchun xom-ashyo
kiritilish uzelini mukammallashtirish hisobidan, shuningdek «UOP» firmasining
X-simon texnologik sxemasidan (mo’riga faolligini hali yo’qotmagan sovuqroq
ishlangan katalizator kiritilib, bu katalizatorning xom-ashyoga sirkulyatsiyasi
sonini va xom-ashyoning o’zgarishi darajasini oshirish imkonini beradi)
foydalanish hisobidan jarayonning yuqori ishchi ko’rsatkichlariga erishiladi.
«UOP» firmasi tomonidan benzin chiqishini oshirish maqsadida qilingan oxirgi
ishlanmalaridan biri
millisekunddagi katalitik kreking
«MSCC» (14.6-rasm)
jarayoni bo’lib, unda xom-ashyoning katalizator bilan dastlabki kontakti juda
204
qisqa vaqt mobaynida va lift-reaktordan foydalanmagan holda amalga oshiriladi.
FKK benzini komponentini yaxshilash va uni ekologik toza benzin
normativlarigacha ko’tarish uchun qo’shimcha texnologik choralar qo’llanilib,
bu so’nggi yillarda tadqiqotlarda erishilgan natijalar sababli imkoniyati paydo
bo’ldi. Jumladan, «Mozir NQIZ» OAJ da «MSCC» modelidagi katalitik
kreking yangi o’rnatilgan qurilmasi muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |