Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


IV – BОB. NEFTNI ODDIY SHAROITDA FRAKSIYALARGA BO`LISH



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

IV – BОB. NEFTNI ODDIY SHAROITDA FRAKSIYALARGA BO`LISH, 
AT (Neftni atmosfera bosimida haydash) TEXNOLOGIYASI 
4.1. Oddiy haydash usullari va xususiyatlari. 
Haydash usuli, neftni fraksiyalarga ajratishning qadimgi usullarigan bo’lib, 
bu usul yordamida molekulyar massasi bir-biriga yaqin bo’lgan komponentlarni 
ajratib, so’ngra undan yaxlit holatda uglevodorod birikmalari qatorini ajratib 
olish mumkin. Hattoki, XIX - asrning oxirlarida sochma usulda haydash yo’li 
bilan pentan, izopetan, 2-metil pentan, 2,3-dimetilbutan, 2 va 3-metilgeksanlar 
va bir qator past haroratda qaynovchi uglevodorodlar ajratib olinib, 
identifikatsiya qilingan edi. Turli xildagi haydash va rektifikatsiyalash usullari 
keng ko’lamda qo’llanilib, neftni tahlil qilishning biror bir sxemasi atmosfera 
bosimida yoki vakuum ostida neftni fraksiyalarga ajratmasdan turib ularni tahlil 
qilib bo’lmaydi. Neftning fraktsion tarkibini rektifikatsiyasiz, standart
qurilmada atmosfera bosimi ostida haydash yo’li bilan aniqlanadi. Bunda 
qaynash harorati 300
0
S gacha bo’lgan fraksiyalarni ajralib chiqish miqdori 
baholanadi, undan yuqori haroratda qaynovchi neft fraksiyalari hamda 
mahsulotlarni atmosfera bosimi ostida haydash tavsiya etilmaydi. Chunki, 
yuoqori haroratda ular parchalanib ketishi mumkin. Tarkibiy tuzilishi bo’yicha 
barcha guruh ulevodorodlarini hamda strukturali guruh tarkibni aniqlashda 
tuzsizlantirilgan neft atmosfera bosimi ostida rektifikatsiyalashga mo’ljallangan 
(SIATIM-58 a yoki ARN-2) asboblarida (apparatlarda) amalga oshiriladi. 
Dastlab, past haroratda qaynovchi – 60, 60-95, 95-122, 122-150, 150-200
0

fraksiyalar standart sifatida ajratib olinadi. So’ngra, qisman bosimi 135,3-666,5 
Pa vakuum ostida (1÷5 mm. sim. ust) o’rta fraksiya 200-250, 250-300 va 300-
350
0
S ajratib olinadi. Vakuumdagi qaynash harorati bilan atmosfera bosimi 
ostidagi qaynash harorati o’rtasida bog’liqlikni hisobga oluvchi maxsus 
hisoblash formulasidan yoki nomogrammalardan ko’p hollarda UOP – 
nomogrammasidan foydalaniladi. 
Moy fraksiyalarini ajratish uchun nasadkali apparatlar o’rniga 
fraksiyalarni 550
0
S haroratgacha parchalamaydigan gidravlik qarshiligi kichik 


37 
bo’lgan aylanma harakat qiluvchi rotorli kolonkalardan foydalaniladi. Yuqori 
haroratda qaynovchi moy fraksiyalarni ajratish uchun molekulyar haydash 
usulidan foydalanish mumkin. Bu jarayon chuqur vakuum sharoitida borib, 
(qoldiq bosim 

0,1 Pa) bunda bug’lanish va kondensatsiyalanish orasidagi 
masofa (10-30 mm) molekulaning erkin chopish masofasidan kichik bo’ladi. 
Shunga muvofiq ravishda bug’langan molekulalar o’zaro to’qnashmay kam 
energiya sarflab kodensatorga yetib oladilar. Zamonaviy rotorli sirtiy apparatlar 
qaynash harorati 650
0
S gacha bo’lgan fraksiyalarni parchalamay ajratib olishga 
imkon yaratdi. Benzin fraksiyalarining yaxlit holdagi uglevodorodlarini ajratib 
olish uchun har xil bosimdagi rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Qaynash 
harorati bir-biriga yaqin bo’lgan uglevodorod aralashmalar masalan, C
8

alkenlarni ajratish uchun yuqori tartibli ixcham holatda rektifikatsiyalash 
usulidan foydalaniladi. Misol tariqasida yuqori haroratda qaynovchi O–kisilol 
izomerini ajratish uchun (M – kisilol va O – kisilol bu juft komponentlarning 
nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti – α, 180
0
S haroratda farqi 1,135 ga teng) 
likopchalari 100-150 tadan iborat bo’lgan rektifikatsion kolonkalardan 
foydalaniladi. Bu kolonkaning sug’orish karraligi (5÷8):1 ga tengdir.
 
Neft 
mahsulotlarini haydash usuli bilan ajratish, ularning qaynash haroratidagi farqqa 
asoslangandir. Haydash usulida bir-biriga aralashadigan suyuq moddalarni yoki 
suyuq neft mahsulotlarni qattiq moddalardan (ularning eritmalarida) ajratiladi. 
Haydash usulida 120
0
–130
0
S qaynaydigan moddalarni tozalashda yoki bir-
biridan ajratishda suv sovutkichlardan shiddat bilan o’tkaziladi, 130
0
S dan 
yuqori haroratda qaynaydigan moddalarni tozalash va ajaratishda suv 
sovutkichidan suvni sekinlik bilan o’tkazamiz. Aks holda harorat farqi kattaligi 
natijasida moddalarni ajratishda va havo sovutkichlardan – oddiy shisha 
naylardan foydalaniladi. Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta 
bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli bilan ajratib olinadi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin