Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


-rasm. Haydashda hosil bo’luvchi qo`shimchalar (xvostlar)



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

4.9-rasm. Haydashda hosil bo’luvchi qo`shimchalar (xvostlar). 
 
 
 
 


45 
4.4. Neftkimyo sanoatida rektifikatsiya jarayoni qurilmalari. 
 
Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli 
qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) Uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va 
nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki 
tuzilishi (tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. 
Rektifikastion kolonnalarni hisoblash ham har bir tipdagi absorbtsion 
qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki 
kolonna alohida hisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning umumiy ish 
balandligi aniqlanadi. Rektifikastion kolonnalar (absorberlardan farqli) 
qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, 
deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bo’ladi. Bundan 
tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun 
rektifikastion kolonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi.
Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar 
Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda 
davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma 
haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib, 
aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikatsion 
kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo`ylab 
ko’tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. 
Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. 
Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab 
harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi engil 
uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir 
necha bor o’zaro kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari 
yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon 


46 
harakat qilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib 
boradi.
O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi 
masofa 450 mm dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilingan.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda
to’la 
yoki 
qisman 
kondensatsiyaga 
uchraydi. 
Bug`lar 
to’la 
kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism 
(distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda 
sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik 
kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon 
qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash 
temperaturasiga qarab aniqlanadi (4.10-rasm). 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin