5.2-jadval
Kolonnalardagi bosim va haroratlar
№
Kolonna yuqorisidagi
bosim, MPa
Harorat,
0
S
Yuqorida
Pastda
Xom-ashyo chiqishi
19
0,4-0,6
150-170
240-250
180-250
30
0,07-0,10
170-190
330-350
350-370
35
00,7-0,10
-
200-250
- -
36
00,7-0,10
-
280-300
--
48
7,85-8,85
180-200
350-360
380-400
49
7,85-8,85
-
260-270
-
50
7,85-8,85
-
330-350
-
65
VI – BОB.GIDROGENIZATSION JARAYONLAR
6.1. Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalarida o`z holicha va
boshqa qurilmalar bilan biriktirilgan holda bo`lishi.
Benzin distillyatini ikkilamchi haydash
Hozirgi vaqtda nefti qayta ishlash sanoatida gidrogenizatsion
jarayonlar:
gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash, gidrogenlash va gidroizomerlash
usullari keng qo‘llaniladi. Bu jarayonlarni qo‘llash orqali neft mahsulotlarini
sifatini va ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga erishildi. Gidrogenizatsion
jarayonlar neftni qayta ishlash sanoatida 1950 yildan so‘ng keng qo‘llanila
boshlandi. Dastlab katalitik riforming xom-ashyosi benzin va dizel yoqilg‘isini
gidrotozalash rivojlandi, keyinroq neft distillyatlarini gidrokrekinglash amalga
oshirila boshlandi. Oxirgi yillarda maxsus yoqilg‘i va moy komponentlarini
olish imkonini beruvchi gidroizomerlash jarayonlarini qo‘llash muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Katalitik riforming qurilmalari uchun benzin fraksiyalari
gidrotozalash va gidrooltingugurtsizlantirish o‘tkaziladi. Bunda oldindan qayta
ishlashdan o‘tkazilishi riforming jarayonini asosiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi,
asosan xom-ashyoni aromatik darajasini oshiradi, olinadigan benzinning oktan
sonini oshiradi, katalizatorning xizmat qilish muddatini uzaytiradi. Kerosin va
dizel fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart me’yorlarida
ko‘rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish
xususiyatlari yaxshilangan tayyor distillyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg‘ini
korroziyaga aktivligini pasaytiradi va uning saqlash vaqtidagi har-xil
cho‘kindilar hosil bo‘lishi pasayadi. Benzin fraksiyalarini gidrotozalashda asosiy
mahsulot barqaror gidrogenizat hisoblanadi. Gidrogenizatdagi oltingugurt
miqdori 0,002% (mass)dan oshmaydi. Kerosin distillyatlarini gidrotozalashda
neftni to‘g‘ri haydashdan olingan 130-230
0
Sda qaynovchi fraksiyalar xom-
ashyo bo‘lib hisoblanadi. Gidrotozalangan kerosin fraksiyasi jarayonni asosiy
mahsuloti bo‘lib, uning chiqishi 96-97%ga teng. Bundan tashqari, oz miqdorda
66
past oktanli benzin fraksiyasi, uglevodorod gazlari va vodorod sulfid ham
olinadi.
Dostları ilə paylaş: |