67
oltingugurtsizlantirish gidrogenolizi tezligi pasayadi. Shunga ko‘ra, ligroin
distillyatlarini
oltingugurtsizlantirishda
gidrirlashni
og‘ir
distillyatlarni
tozalashga nisbatan biroz yumshoq rejimda o‘tkazish ta’qiqlanadi. Oltingugurt
organik birikmalari gidrogenoliz reaktsiyalarini Oboleitstev va Mashinlar davom
ettirdilar.
Oltingugurt
birikmalarini
gidrirlash
bilan
bir
vaqtda
oltingugurtsizlantirish gidrogenoliz sharoitida parafin va naftenli uglevodorodlar
izomerizatsiyasi ham kechadi. Bu reaktsiya katalizator xususiyatiga bog‘liqdir.
Gidrotozalash jarayonida ma’lum darajada metall organik birikmalarni buzilishi
sodir bo‘ladi. Jarayonda metallar katalizatorga o‘tirib qoladi. Shuning uchun
ma’lum vaqtdan so‘ng katalizatorning aktivligi pasayadi. Gidrotozalash
jarayonlari ko‘lamida asosiy o‘rinlardan birida oltingugurtli neft distillyatlaridan
oltingugurtsiz dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hisoblanadi. Ikkilamchi qayta
ishlashdan olinuvchi distillyatlar kamdan-kam hollarda gidrotozalashga
kiritiladi. Jarayonda foydalanadigan vodorod saqlovchi gaz riforming
qurilmasidan olinib, uning tarkibidagi vodorod miqdori 60% dan 95% gacha
bo‘ladi. Gidrotozalash jarayoni alyumokobaltmolibdenli (Al-Co-Mo) yoki
alyumonikelmolibdenli
(Al-Ni-Mo)
katalizatorlarda
turli
sharoitlarda
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: