Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


 Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

1.2. Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash 
sanoati xususida 
O`zbekiston Respublikasi erostilari uglevodorod xom-ashyosi yirik 
zahiralariga ega. O`zbekistonning beshta neft-gaz mavjud mintaqalarida uglevodorod 


11 
xom-ashyosining 211 ta konlari ochildi, ulardan 108 tasi - gaz va gazokondensat 
konlari, 103 tasi neft'-gaz, neft-gazkondensat va neft konlari. 50% dan ortiq konlar 
ishlab chiqish bosqichida, 35% i foydalanishga tayyorlangan, qolganlarida esa 
qidirish ishlari davom etmoqda.
Respublikaning uchta NQIZ - Buxoro, Farg’ona va Oltiariq NQIZ umumiy 
quvvati yiliga 11 mln. tonnani tashkil qiladi. Bu zavodlar o`rtacha 60% ga yuklangan 
bo`ladi.
Farg’ona NQIZ (1959 yilda ishga tushirilgan) hozirgi kunda 60 ga yaqin 
turdagi turli xil neft' mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Zavodning qayta ishlash 
bo`yicha loyiha quvvati yiliga 5,5 mln. t. tashkil qiladi. Zavod O`rta Osiyoda 
moylash materiallarini ishlab chiqarish bo`yicha etakchi korxonalardan biri bo`lib 
hisoblanadi. Oltingugurtli birkmalarning yuqori miqdorini saqlagan mahalliy xom-
ashyoni qayta ishlash xususiyatlarini hisobga olib, O`zbekiston "Mitsui" va "Toyo 
Injiniring" yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda zavod rekonstruktsiyasini amalga 
oshirdi.
1906 yilda Oltiariqda Vannovskiy neftni haydash zavodi ishga tushirilgan 
bo`lib, uning bazasida ancha vaqtdan keyin hozirgi kunda Farg’ona NQIZ bo`linmasi 
bo`lgan Oltiariq NQIZ quvvatlari ko`tarildi. Bir nechta texnologik qurilmalar 
qurilishi va rekonstruktsiyasidan so`ng ularning loyiha quvvati oshirildi. Ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar: avtobenzin komponenti (nafta), erituvchilar, kerosinlar, 
dizel' yoqilg’i, maishiy suyultirilgan, konsistent moylash vositasi. 
Buxoro NQIZ "O`zneftmahsuloti" AJ tarkibiga kiradi. Zavod 1997 yilda 
"TECHNIP" (Frantsiya) boshchiligidagi konsortsium tomonidan yaratildi. Zavod 10 
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: avtomobil' benzini, reaktiv dvigatellar uchun 
yoqilg’i, suyultirilgan uglevodorod gazi, mazut, erituvchilar, aviakerosin, texnik 
oltingugurt.
Rossiyaning "LUKOYL" OAJ neft kompaniyasi va "Hyundai Engineering" 
(Janubiy Koreya) boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi O`zbekistonda “Qandim 
gazni qayta ishlash kompleksi”ni qurish va jihozlarni yetkazib berish bo`yicha 
shartnomani imzolashdi. Yiliga 8,1 mlrd kub metr gaz quvvatiga ega kompleks 
Buxoro viloyatida joylashgan Qandim konlar guruhidagi oltingugurt saqlagan tabiiy 


12 
gazni tozalangan tabiiy gaz, barqaror gaz kondensati, shuningdek granulalangan 
oltingugurt olish uchun qayta ishlash imkonini beradi. Loyihada ishlab chiqarish 
xavfsizligini ta`minlash, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta`minlash 
bo`yicha zaruriy yechimlar ko`zda tutilgan. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin