120
Gidravlik moylar sifatining muhim ko‘rsatgichlaridan biri, gidravlik
sistemaning sifatini aniqlovchi moyning qovushqoqligidir. Qovushqoqlikni
ortishi bilan harakatlanish qiyinlashadi va
gidrosistemaning ishi pasayadi,
qovushqoqlikni pasayishi esa suyuqlikni chiqishi va moylash xususiyatini
pasaytiradi. Shuning uchun gidravlik sistemada ishlatiladigan moylarni kislota –
ishqorli yoki selektiv tozalangan kam oltingugurtli yoki oltingugurtli neftlardan
olingan yuqori sifatli qovushqoqlik indeksi 85 dan kam bo‘lmagan neft
fraksiyalaridan tayyorlanadi.
Zamonaviy gidravlik moylarga ko‘pik hosil bo‘lishini
oldini oluvchi,
moylash va oksidlanishga qarshi barqarorligini oshiruvchi qo`ndirmalar
kompozitsiyalari qo‘shiladi. Gidravlik moylarning muhim xossalaridan biri
ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda rezinaga ta’siri hisoblanadi.
Rezina
bilan moyning ta’sirlashishi natijasida moyning ba’zi komponentlarini rezinaga
yutilishi bilan rezina qotishi yoki elastikligini yo‘qotishi mumkin. Buni oldini
olish uchun moylarga maxsus qo`ndirmalar qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: