Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Turbina L marka (20-23 sst, 50
0
C), kichik va o‘rta quvvatdagi bug‘li 
turbinalarni moylash uchun ishlatiladi. 
2. Turbina UT marka (28-32sst, 50
0
C) aylanishlar soni minutiga 2000-3000 
bo‘lgan kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi. 
3. Turbina T marka (44-48 sst, 50
0
C).


126 
4. Turboreduktor moyi (55-59sst, 50
0
C) paraxod qurilmalarini moylash uchun 
ishlatiladi.
Kompressor moylari 2ga bo‘linadi: 
1. Kompressor M marka (9,5-14sst, 100
0
C), havo haydovchi va havoli 2 
bosqichda siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 
2. Kompressor T marka (14-20 sst, 100
0
C) yuqori bosim (44dan 225 atm.) dagi 
ko‘p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. 
Parfyumeriya va meditsina moylari o‘ziga xos rang va hidga ega. 
Parfyumeriya moylari, qovushqoqligi 50
0
C da 15-20sst, meditsina moylari 50
0

da 28-31sstga teng. Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. 
Moy fraksiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida 
tozalash. 
Neft moylari ishlab chiqarishda asosiy jarayonlaridan biri tanlab tozalash 
jarayonidir. Bu jarayonlar orqali moylarni ishlatishning muhim xususiyatlari, 
ya’ni oksidlanishga barqarorligi va issiqlik-qovushqoqlik xususiyatlarini 
yaxshilash imkoniyati mavjud. Jarayon neft moy xom-ashyosidan maxsus 
tanlangan erituvchilar yordamida oltingugurt va azot birikmalari, qisqa yon 
zanjirli ko‘p siklli aromatik naften-aromatik uglevodorodlarni, to‘yinmagan 
uglevodorodlar va smolali moddalardan tozalashga asoslangan. Sanoat 
miqyosida tanlangan erituvchilar sifatida fenol, furfurol va bug‘li erituvchi 
aralashmalardan keng foydalaniladi. Selektiv tozalashni barcha qurilmalari 
texnologik tizimda quyidagi asosiy jarayonlar kiradi. Bunda uzluksiz ishlovchi 
jihozlarda xom-ashyo komponentlarni ekstraktsiya orqali 2ta faza hosil qilish, 
rafinatli va ekstraktli erituvchilardan haydash yo‘li orqali erituvchini uzluksiz 
qayta tiklash, hamda erituvchini suvsizlantirish o‘tkaziladi. Moy fraksiyalari 
uglevodorodlarning 
har 
xil 
sinflari 
va 
geterotsiklik 
birikmalarning 
aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarning fizik xossalari ularni ma’lum 
sifnlarga mansub ekanligini va molekulyar massalariga bog‘liqdir. 
Geterotsiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farq qilib, 
ular har-xil haroratda, har-xil tezlikda organik erituvchilarda tanlab eritiladi. 


127 
Selektiv erituvchilar deb, shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ma’lum 
haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat keraksiz, tozalanishi kerak 
bo‘lgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni 
eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash 
maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin 
farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo‘lsin. 
Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz 
komponentlar eritmalardan cho‘ktirilib, osongina ajratiladi. Shu tamoyilga 
asosan smola-asfaltenli birikmalar va qattiq uglevodorodlar ajratib olinadi. 
Boshqa 
jarayonlarda 
esa 
buni 
teskarisi 
bo‘lib, 
erituvchilar 
kerakli 
komponentlarni eritmasdan, keraksiz komponentlarni eritib yuboradi. Bu usul 
moylarni fenol va furfurol bilan selektiv tozalashda qo‘llaniladi. Tozalangan 
mahsulot va keraksiz komponentlarning kontsentrati har-xil jarayonda o‘zini 
nomiga ega. Masalan: deasfaltlash jarayonida tozalab olingan moy deasfaltizat 
deyiladi, smolali-asfalten moddali kontsentrat esa smola-asfalten deyiladi. 
Deparafinlash jarayonida olinadigan maxsus deparafinlangan moy, 
deparafinat, qattiq uglevodorodlarni esa gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol 
yoki furfurol bilan tozalanganda toza moy-rafinat va smola asfaltenli politsiklik 
aromatik uglevodorodlar aralashmasi- ekstrakt deyiladi. Erituvchilar selektiv 
ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to‘liq eritadi va ikkinchisini qisman. 
Masalan, fenol politsiklik aromatik uglevodorodlarni yaxshi eritadi, lekin shu 
bilan birga moyli uglevodorodlarni ham qisman eritishi mumkin. 
Distillyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltlash qilinmaydi. Distillyat va 
qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy 
fraksiyalari tozalangandan so‘ng, ularning rangi o‘zgaradi, ular ancha 
rangsizlanadi. Smola va politsiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash 
natijasida moylarni kokslanishi kamayadi va qovushqoqlik indeksi oshadi. 
Smola va to‘yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termik barqarorligini 
oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlardan tozalash esa 


128 
korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish 
haroratini pasaytiradi. 
Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash kompaundirlash qurilmasida olib 
boriladi. Yengil, o‘rta va og‘ir distillyat hamda qoldiq komponent bo‘lsa 
moylarni xohlagan navini tayyorlash mumkin. 
Moylarni tozalash jarayonida selektiv erituvchilardan foydalaniladi. 
Selektiv erituvchilar suyuq modda bo‘lib, ma’lum haroratda aralashmasdan, 
faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o‘zi 
erimasdan) ajratib boradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi 
eritadigan va keraksiz komponent cho‘kmaga tushadi, yengili ajratib olinadi. 
Deasfaltlash va deparafinlash ana shunga asoslangan.
Erituvchilarga (fenol, furfurol, N- metilpirrolidon, dixloretan, suyultiruvchi 
propan, karbamidlar) suv, benzol, toluol qo‘shib, ularning sellektivligini va 
erituvchilik qobiliyatini o‘zgartirish yoki nazorat qilish mumkin bo‘ladi. 
Suv, benzol, toluollarni qo‘shib aralashtirish erituvchilarning sellektivligini 
o‘zgartirib yuboradi. Suv qo‘shilganda sellektivlik oshib, umumiy erituvchanlik 
pasayadi. Benzol va toluol qo‘shilganda esa erituvchilarning sellektivligi 
pasayadi va umumiy erituvchanlik ortadi. 
Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1. Erituvchi katta harorat oralig‘ida yaqqol ko‘rinib turuvchi tanlab eritish 
xossasiga ega bo‘lishi kerak. 
2. Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda erimasligi kerak. 
3. Erituvchini va boshlang‘ich xom-ashyoni zichliklari farqi katta bo‘lishi kerak, 
chunki bunda faza tez ajraladi. 
4. Erituvchi xom-ashyoga nisbatan kimyoviy barqaror, inert, zaharsiz, portlovchi 
emas va qurilmani korroziyaga uchratmasligi kerak. 
5. Erituvchi yengil va to‘la regeneratsiyalanadigan bo‘lishi kerak. Buning uchun 
qaynash harorati moyning qaynash haroratidan past bo‘lishi kerak. 
Fenolni selektivligi past hisoblansada, lekin umumiy erituvchanlik 
qobiliyati yuqoridir. Selektivlikni pastligi natijasida ekstrakt tarkibida moyning 


129 
qimmatbaho komponentlari ham erib qolishi mumkin, deasfaltizatga moddalar 
o‘tib ketishi mumkin. Birinchi hodisada moyning foiz miqdordagi chiqishi 
kamaysa, ikkinchisida esa deasfaltizatni sifati pasayadi. 
Erituvchilarning tavsifi. Qutbli erituvchilarning tabiati, uning tarkibi va 
molekulyar strukturasi tozalash jarayonining unumdorligiga ta’sir qiladi. 
Erituvchining 
tabiati, 
uning 
bir 
tomondan 
xom-ashyoning 
aromatik 
uglevodorodlariga nisbatan, ikkinchi tomondan parafin uglevodorodlarga 
nisbatan tanlab eritish xossalarini baholashda to‘liq o‘zini namoyon etadi. 
Erituvchining uglevodorodlarga nisbatan tanlash va eritish xossalarini 
o‘rganish uchun Gammet tengligidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Erituvchi molekulasiga geteroatomlarni Gammet-Taft konstantasining yuqori 
ko‘rsatkichli atom guruhini (O
2
, N
2, 
CO
2,
F
2, 
CN
4
) kiritish, erituvchini donor-
aktseptor xossali uglevodorodlarga nisbatan tanlab eritish xossasini yuqori 
qiladi. Alifatik birikmalar siklik va geterotsiklik analoglariga o‘tishi 
erituvchining aromatika va to‘yinmagan uglevodorodlarga nisbatan tanlab 
eritish xossasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Mineral moylar ishlab chiqarish 
sanoatida keng ko‘lamda amaliy jihatdan fenol, furfurol, N- metilpirrolidon 
erituvchilaridan foydalaniladi. 
Fenol erituvchisi. Ma’lumki, fenol oltingugurt birikmalari va smolali, 
qisman sulfidlarni yaxshi eritadi. Shuning uchun erituvchilar orasida fenol 
moylarni tanlab eritganda unumli erituvchi hisoblanadi. Aynan uning xossalarini 
inobatga olgan holda neftni qayta ishlash zavodlarining moy bloklari 
loyihalangan. Fenol formulasining strukturasi: C
6
H
5
OH. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin