Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati
Hozirgi kunda neftni qayta ishlash - bu iqtisodiyotning butunjahon yuqori
texnologik, sarmoya talab qiluvchi sohasi bo`lib, chuqur tarixga va uzoq muddatli
rejalariga ega. So`nggi yillarda jahon neftni qayta ishlash sanoatida sezilarli
kontseptual, territorial, strukturaviy siljishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda neftni qayta ishlash sohasi rivojlanishining asosiy faktorlari
bo`lib dunyoning turli mintaqalaridagi iqtisodiyot o`sishi, ekologik xarakterdagi
talablar, etkazib berishlar hajmlari va boshlang’ich xom-ashyo - xom neftning sifat
xarakteristikalari hisoblanadi. Zamonaviy neftni qayta ishlash sanoati uchun
xarakterli jihatlar bo`lib umumiy quvvatlar va qayta ishlash hajmlari oshishi,
rentabellik ko`rsatkichining nisbatan yuqori bo`lmagan darajasi, atrof-muhitni
muhofaza qilishga qo`yilgan sabablar bilan ifodalangan solishtirma sarmoyalar
kiritilishi oshishi va past sifat ko`rsatkichlariga ega xom-ashyoni qayta ishlash
zaruriyati hisoblan.adi.
So`ngi yillarda neftni qayta ishlashda Yaqin sharq va Osiyo, Tinch Okeani
mintaqasi, ayniqsa Xitoy, Hindiston, Koreya mamlakatlari tomon sezilarli hududiy
siljishlar kuzatildi. Neftni qayta ishlash asosiy markazlari neft' mahsulotlari intensiv
iste`moli va portlar yaqinidagi hududlarda joylashgan. 1995-2000 yillardan so`ng,
ya`ni Yaqin SHarq va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlarida yangi
korxonalar joriy qilingani hisobidan ko`p sonli NQIZ tashkil etilganidan so`ng NQIZ
soni asta-sekin kamayib bordi. Buning asosiy sabablari bo`lib ekologik (o`z vaqtida
shahar chetida qurilgan zavodlar shaharning kengayib borishi sababli shahar ichida
bo`lib qoldi) va iqtisodiy (murakkab bo`lmagan texnologik sxemaga ega kichik NQIZ
yirik va texnik ta`minlangan korxonalar bilan raqobatbardosh bo`la olmadi) jihatlar
hisoblanadi.
13
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi sezilarli darajada neft'
mahsulotlariga bo`lgan talab tendentsiyalari bilan belgilanadi. So`nggi yillarda asosan
transport yoqilg’ilariga bo`lgan talab o`sishi kuzatildi. Transport yoqilg’ilari iste`moli
strukturasida dizel' yoqilg’isiga bo`lgan talab avtobenzinga bo`lgan talabga nisbatan
avtoparklarning dizel' yoqilg’iga o`tkazilishi sababli yuqoriroq bo`ldi. Shу qatorda
aviatashishlar miqyosi ortgani sababli reaktiv yoqilg’iga bo`lgan talab ham oshdi.
Oqir neft' mahsulotlari, birinchi navbatda qozon yoqilg’ilariga bo`lgan talab uning
energetikada tabiiy gaz, ko`mir, yadro yoqilg’isi bilan almashtirib borganligi sababli
tushib bordi. Neft' mahsulotlariga talabning oshishi sezilarli faktori bo`lib uning
Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda talab oshishi bilan
belgilandi.
Amerika bozorida asosan benzin dvigatellari bilan jihozlangan juda yirik
avtopark (100 kishiga 790 ta avtomobil') sababli avtobenzinga bo`lgan talab
belgilovchi hisoblanadi. 1990-yilarda AQSH da motor yoqilg’isiga yangi standartlar
kiritildi. Yirik shahar markazlarida va butun Kaliforniya shtatida ekologiк toza
reformulirovkalangan benzin, 2005 yildan boshlab esa - ul'trakam oltingugrt saqlagan
dizel' yoqilg’ilar joriy etildi.
Bioyoqilg’i (bioetanol va biodizel') iste`moli sezilarli oshdi. Bioyoqilg’i
iste`moli AQSH da 2010 yilda 20 mln tonna atrofida edi, 2020 yilga kelib esa 47 mln
tonnaga etishi taxmin qilinmoqda.
Yevropa neft mahsulotlari bozorida asosiy mahsulot - dizel' yoqilg’isi.
Yevropa neft' qayta ishlash sоhasining mazkur yoqilg’iga bo`lgan talabning oshib
borishiga adaptatsiyasi NQIZ da gidrokreking va gidrooltingugurtsizlantirish
qurilmalarining o`rnatilishi yo`li bilan amalga oshirilib, bu oltingugurt miqdori
yuqoriroq bo`lgan neftning oshib borayotgan miqdoriga moslashish va o`rtacha
distillyatlarning chiqishini oshirish imkonini beradi. Bu muammo shuningdek import
dizel' yoqilg’isi hisobidan echilmoqda.
Yevropa NQIZ da neft mahsulotlari ishlab chiqarish strukturasida deyarli 50
% ulushni transmilliy neft kompaniyalari egallaydi. So`nggi yillarda Yevropa neft
mahsulotlari bozorida Yevropada bir qator neftni qayta ishlash aktivlarini sotib olgan
14
neftni qazib oluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Aljir) kompaniyalari
katta rol o`ynamoqda.
Yevropa mamlakatlarida shuningdek, yoqilg’i samaradorligini oshirish (100
km yo`lda benzinning o`rtacha sarfini 6,12 l gacha pasaytirish), shuningdek motor
yoqilg’ilari strukturasida bioyoqilg’i ulushini oshirish hisobidan an`anaviy benzinga
bo`lgan talabni pasaytirish dasturi ishga tushirilgan.
Osiyo neft mahsulotlari bozori Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Indoneziya,
Tailand va boshqа mamlakatlarda talabning keskin oshib borayotgani bilan
xarakterlanib, bu neft mahsulotlariga bo`lgan talabning nafaqat hududiy, balki butun
jahon miqyosda o`zgarishini taqozo qiladi. Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi
mamlakatlarining neft' mahsulotlariga bo`lgan butun jahondagi talabi miqyosidagi
ulushi kun sayin oshib bormoqda. Bundan tashqari, Xitoy - neftni qayta ishlash
sanoati eng yirik vakillaridandir.
Yaponiyada energiya tejami va bioyoqilg’ilar qo`llanilishi hisobidan neft'
mahsulotlari iste`moli pasayishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish va logistikani
optimallashtirish, innovatsion yo`naltirilganlik, tijorat raqobatning oshishi - bu
Yaponiya neftni qayta ishlash sohasini rivojlantirish yo`llaridir. Hozircha sanoat
quvvatning ortiqcha miqdorini sezmoqda.
Shunday qilib, jahon neftni qayta ishlash rivojlanishi qo`yidagi faktorlar ta`siri
ostida amalga oshmoqda:
neft mahsulotlariga bo`lgan talabning dinamikasi va strukturasi;
qayta ishlashga kelib tushayotgan neftning hajmida va tarkibidagi o`zgarishlar;
neft' mahsulotlari sifat xarakteristikalariga talablarning kuchayotganligi;
raqobatning oshishi.
Neft mahsulotlariga bo`lgan talab strukturasining asosiy faktorlari bo`lib
ravshan neft' mahsulotlari (avtobenzin, dizel' va reaktiv yoqilg’i) iste`moli oshishi,
og’ir
qozon
yoqilg’ilarining
boshqa
energiya
tashuvchilari
bilan
almashtirilayotganligi sababli unga bo`lgan talabning pasayishi, avtoparklarning dizel
qurilmalari bilan jihozlanishi oshishi hisoblanadi.
.
|