Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Antikorrozion qo`ndirmalar



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Antikorrozion qo`ndirmalar. 
Motor yoqilg`ilari va moylarida yoqilg`i 
va 
moy 
quvurlari, 
nasoslar, 
tsisternalarda 
to’planishi 
mumkin. 
Podshipniklarning rangli metallardan yasalgan vkladishlarining korroziyasi eng 
xavfli korroziyadir, bu korroziya oksidlaninshning nordon mahsulotlari
oltingugurtli birikmalar ta’sirida buzuladi. Namlik ishtirokida korroziya keskin 
kuchayadi. Oltingugurtli yoqilg`ining yonishida va namlik borligida agressiv 
bo’lgan sulfit va sulfat kislotalar hosil bo’ladi. Oltingugurtli yoqilg`ining yonish 
mahsulotlari aylanib yuradigan surkov moyiga ham tushishi mumkin. Suv va 
yoqilg`idagi erigan havoning borligi temir apparaturaning zanglashiga olib 
keladi. 
Korroziya bilan kurashish maqsadida yoqilg`i va moylarga maxsus 
qo`ndirmalar qo’shiladi. Antikorrozion qo`ndirmalar metall yuzasida oson 
adsorbtsiyalanadigan qutbli moddalardir. Ularning ta’sir etish mexanizmi 
metallga nordon va boshqa faol agentlarning ta’sirini oldini oluvchi 
manomolekulyar himoya qatlamini hosil qilishdan iborat. Bunday moddalarga 
yuqori molekulyar yog` kislotalar, yog` va naften kislotalarning tuzlari, 
oksikislotalar, aminlar va shunga o’xshaganlar kiradi. Sanab o’tilgan moddalar 
uglevodorodlarda yaxshi eriydi va qutbli muhit hosil qiladi. Shuning uchun ham 
ular motor yoqilg`ilariga qo`ndirma sifatida tanlangan. 


145 
Oltingugurtlangan 
moylar, 
retsinol 
va 
olein 
kislotalarning 
oltingugurtlangan efirlari, alkilfenollarning sulfitlari, fosforit kislota efirlari ham 
tiofosforli qo`ndirmalar - motor moylariga mos qo`ndirmalar hisoblanadi. Bu 
moddalarning barchasi metallda himoya pardasini oson hosil qiladi. 
Oltingugurtli yoqilg`ilarning yonishi natijasida hosil bo’ladigan 
mahsulotlar ta’sirida vujudga keladiagan korroziyaning oldini olish uchun 
neytrallovchi moddalar: rux naftenati, nitratlar, karbonatlar va boshqa moddalar 
qo’shiladi. 
Bu turdagi qo`ndirmalarga zanglash ingibitorlarini ham kiritish mumkin. 
Zanglash ingibitorlari bo’lib naften va sulfonaften kislotalarning efirlari va 
boshqa qutbli organik moddalar hisoblanadi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin