146
Yoqilg`ilar qurumiga qarshi qo`ndirmalar.
Etillangan
benzin-
larning yonishida brom-qo’rg`oshinli qurumlar hosil bo’ladi, ular esa elektr
tokini yaxshi o’tkazgani uchun svechalarning normal ishini izdan chiqaradi.
Bundan tashqari bu qurumlar toza qurum qatlamlarilarining o’z-o’zidan o’t
olishi haroratini keskin pasaytiradi, bu esa o’z navbatida ishchi aralashmasining
muddatidan oldin alanganishiga sabab bo’ladi. Ko’rsatilgan hodisalar
karbyuratorli dvigatellarning foydalanish sharoitlarini ancha yomonlashtiradi.
Oltingugurtli va aromatlangan yoqilg`ilarni yoqishda dizel dvigatellarida
qurumning hosil bo’lishi dvigateldan normal foydalanishga xalaqit beradi. Bu
nosozliklar bilan kurashishda yoqilg`ilarga “qurumga qarshi” qo`ndirmalar
qo’shiladi. Etillangan benzinlarga fosfor saqlangan birikmalar masalan,
trikrezilfosfat, xlorpropiltiofosfat va boshqalar kiritiladi. Bu
qo`ndirmalarning
ta’siri shundan iboratki fosfor qo’rg`oshin bilan birikma hosil qiladi. Bu
birikmalar elektr o’tkazuvchan emas va uglerodli qurilmalarning o’z-o’zidan
alangalanish haroratini pasaytirish. Dizel yoqilg`isiga qo`ndirmalar yonish
jarayonini yaxshilab qurum hosil bo’lishini kamaytirishga mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: