Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Depressatorlar. 
Past haroratlarda neft moylari qotib, o’zining 
harakatchanligini yo’qotadi. Bu qish sharoitida moylarni tashishini 
qiyinlashtiradi hamda sovuqda dvigatellarninng ishqalanuvchi qismlarining tez 
ishdan chiqishiga olib keladi. Moylarni qotish sababi qattiq uglevodorodlarning 
kristall panjara hosil qilish va past haroratlarda qovushqoqlikning keskin 
oshishidir. Parafin uglevodorodlarini kristal holda cho’kishi dizel hamda reaktiv 
yoqilg`ilarni filtrlanishini va bu yoqilg`ilarni dvigatellarda uzatilishini 
qiyinlashtiradi.
Qo`ndirmalarni yoqilg`i va moylarga qo’shish natijasida qotish harorati -
20dan -30 
0
C ga, ba’zan esa undan ham ko’pga pasayadi. Bundan tashqari, 
distillyat moylarning qovushqoqligi qo`ndirma ishtirokisiz keskin ortadi. 
Depressatorning samaradorligi qo’shiladigan qo`ndirmaning miqdoriga ham, 
yoqilg`i yoki moylarning kimyoviy tarkibi, qovushqoqligi va ulardagi qattiq 
parafinalarning borligiga ham bog`liq bo’ladi. 


147 
Depressatorlarning ta’sir mexanizmi to’g`risida aniq fikr yo’q. Ehtimol 
parafinlarning boshlang`ich kristallanishiga ular to’sqinlik qila olmasa kerak. 
Balki ularning ta’siri parafin kristallarining o’sishini qiyinlashtirishidadir. 
Yoqilg`ilarda muz kristallarining hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladigan 
qo`ndirmalar va antimuzlatuvchi qo`ndirmalar. 
Tarkibida aromatik 
uglevodorodlarning miqdori ko’p bo’lgan aviatsion va reaktiv yoqilg`ilarning 
gigroskopikligi tufayli ularda namlik yig`iladi. Past haroratlarda samolyot 
baklaridagi yoqilg`ida muz kristallari hosil bo’ladi. Bu filtrlarning tiqilishiga va 
demak halokat xavfini tug`dirishi mumkin. Yoqilg`idan muz tushib qolishining 
oldini olish uchun spirt va glikollar turidagi prisadklar qo’llaniladi. Bu 
qo`ndirmalarning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki ular suvda erib uning 
muzlash haroratini pasaytiradi. 
Past haroratlarda va havoning namligi yuqori bo’lganda avtomobil 
dvigatellarning karbyuratorlari ba’zan muzlaydi. Bu noxush xol bilan 
kurashishda avto yoqilg`iga antimuzlatuvchi qo`ndirmalar qo’shiladi. Bularga 
turli xil spirtlar, glikollar va ularning efirlari kiradi. Bu moddalar yo suvda erib 
uning muzlash haroratini pasaytiradi yoki muzning kichkina kristallarida 
adsorbstiyalanib ularning yaxlit muz qatlamini hosil qilishiga to’sqinlik qiladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin