Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


TAYYORLASH  12.1.Reaktiv dvigatellar uchun yoqilg`i tayyorlash



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

TAYYORLASH 
12.1.Reaktiv dvigatellar uchun yoqilg`i tayyorlash. 
Zamonaviy harbiy va fuqaro aviatsiyasida suyuq uglevodorod yoqilg`isida 
ishlaydigan havo – reaktiv dvigatellari keng ishlatilmoqda. Bunga sabab neftdan 
olingan uglevodorod yoqilg`ilari resurslarini ko‘pligi, narxi arzonligi va ularning 
energetik ko‘rsatgichlarini yuqoriligidir. 
Havo – reaktiv dvigatellarining qo‘llanilishi samolyotni qiyin mexanik 
uzatmalar va yurish moslamalarisiz harakatlantirish va kichik massada katta 
tortish kuchi hosil qilish imkonini beradi. Porshenli dvigatellarga nisbatan havo 
– reaktiv dvigatellarida balandlik va uchish tezligini ortishi bilan tortish kuchi 
ham ortadi. 
Havo – reaktiv dvigatellarining takomillashishi uchishning tezligi va 
balandligini oshirish, dvigatellarning ishonchliligi va kam sarfliligi va 
uchishning xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan. Havo – reaktiv dvigatellari 
uchish tezligi va balandligiga qarab ikki turda bo‘linadi: 1) tezligi tovush 
tezligigacha bo‘lgan reaktiv samolyotlar. 2) tezligi tovush tezligidan yuqori 
bo‘lgan reaktiv dvigatelli reaktiv samolyotlar. 
Motor yoqilg`ilari ichida reaktiv yoqilg`ilar sifatiga yuqori talablar 
qo‘yiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi ham, tashish va saqlanishi ham qattiq 
nazorat ostida bo‘ladi. Havo – reaktiv dvigatellari uchun ishlatiladigan 
yoqilg`iga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
-
u to‘liq bug`lanishi kerak, dvigatelda uzilmasdan tez yonishi, sistemada 
bug`li tiqin hosil qilmasligi kerak, dvigatelda yonishdan keyin qurum va 
boshqa qoldiqlar qolmasligi kerak; 
-
hajmiy yonish issiqligi yuqori bo‘lishi kerak; 
-
u yonish kamerasiga xohlagan haroratda, hattoki ekstremal haroratda ham 
yengil va oson oqib kelishi kerak; 
-
yoqilg`ining o‘zi va yonish mahsulotlari dvigatel detallarini korroziyaga 
olib kelmasligi kerak; 


154 
-
u barqaror, qo‘llash va saqlashda yong`inga xavfsiz bo‘lishi kerak. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin