Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


 Gaz – turbina dvigatellari uchun yoqilg‘ilar



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

12.4. Gaz – turbina dvigatellari uchun yoqilg‘ilar 
Gaz – turbina dvigatellari boshqa turdagi dvigatellarga nisbatan qator 
afzalliklarga ega bo‘lgani uchun ko‘pgina texnika turlarida kuchli agregat 
sifatida tarqalgan. Aviatsiada porshenli dvigatelni 10-15 yil ichida gaz – 
turbinasi dvigateli to‘liq almashtirdi. Oxirgi yillarda gazoturbina dvigatellaridan 
dengiz va daryo kemalarida, temir yo‘l lokomativlarida, gaz va neft haydovchi 
nasos stantsiyalarida, elektr stantsiyalarida va boshqa joylarda energetik 
qurilmalar sifatida foydalaniladi. Bu dvigatelarning afzalligi shundaki bitta 
agregatda katta quvvatni olish imkoniyati mavjudligidadir. Gaz turbinali 
dvigatel xohlagan turdagi – gaz, suyuq, qattiq va chang ko‘rinishdagi 
yoqilg‘ilar bilan ishlashi mumkin. Biroq transportlarda ishlatiladigan gaz – 
turbina 
dvigatellari 
uchun 
suyuq 
yoqilg‘idan 
foydalaniladi. 
Yuqori 
parametrlarga ega bo‘lgan mukammal gazoturbina dvigatellari samolyotlarga 
o‘rnatiladi va ularga yoqilg‘i sifatida neftlardan to‘g‘ri haydalgan kerosin 
fraksiyasi qo‘laniladi. Ko‘pgina korabllarda, ba’zi haydash stantsiyalarida, 
kichik elektrostantsiyalarda dizel yoqilg‘isiga mo‘ljallangan gazoturbina 
qurilmalari foydalaniladi. Biroq ko‘p hollarda gaz turbinalaridan foydalanish 
maqsadi va imkoniyati qo‘llaniladigan yoqilg‘ining narxi va topilishiga
bogliq. 
Gazoturbina yoqilg‘ilari tarkibida zollar – 0,05%, vanadiy – 0,001%, natriy – 
0,0005%, oltingugurt -0,0005%gacha bo‘lishi kerak, yoqilg‘ini qovushqoqligi 
va qotish haroratiga bo‘lgan talab, ularning qo‘llanilish sharoitlari va yoqilg‘ini 
tayyorlash sistemasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga 
kam oltingugurtli neftlardan olingan mazutlar javob beradi. Ikkilamchi 


165 
jarayonlarning qoldiq mahsulotlari va oltingugurtli neftlar mazutlari tarkibida 
0,001% vannadiy saqlagan bo‘ladi. 
GTQ (gaz – turbina qurilmalari) yoqilg‘i sifatida ikkilamchi 
distillyatlardan (sekin kokslash va termik krekinglash orqali) ham foydalanish 
mumkin. Bu yoqilg‘ilarning kamchiligi ular tarkibida aromatik, to‘yinmagan 
uglevodorodlar va smolalarning ko‘pligidadir. Saqlash sharoitlarida va asosan 
qizdirishda ular oksidlanib yuqori smolali qoldiqlar hosil qiladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin