FKK texnologik jarayoni prinstipi
(14.5-rasm).
Lift-reaktor yuqoriga
qarab
o’zgaruvchan kengayadigan vertikal silindrik
yuk ko’targich
bo’lib, diametri
1,0-1,4 m, balandligi 25- 30 m va undan yuqori bo’ladi. Lift-reaktor pastki
qismiga regeneratordan 600-650 °S haroratdagi katalizator oqimi yuboriladi.
Katalizator oqimiga dastlab issiqlik almashinish qurilmalarida va quvurli pechda
250-300 °S gacha isitilgan xom-ashyo purkaladi (masalan, 280-320 °S
haroratdagi va 0,4-1,0 MPa bosimdagi suv bug`i bilan). Yuqoriga chiquvchi
katalizator va xom-ashyo bug`i aralashmasi
mavhum suyultirilgan oqimida
500-
193
520 °S haroratda 2,0-3,5 s davomida xom - ashyo o’zgarishining barcha
reaktsiyalari
(yuqori
molekulyar
uglevodorodlar
krekingi,
alkanlar
izomerizatsiyasi, sikloalkanlarni arenlarga degidratlash orqali aromatizatsiyasi
va boshq.) kechadi. Lift-reaktor ustida ancha kattaroq diametrdagi
an’anaviy
reaktorning o’zi
joylashadi. Reaktorda
mavhum suyultirilgan oqimda reaktsiya
jarayoni tugaydi,
reaktorning separatsiyalash zonasida reaktsiya mahsulotlari
katalizatordan ajratiladi va rektifikatsiya blokiga uzatiladi. Reaktorning
bug`latib
chiqarish
sektsiyasida
katalizatordan
suv
bug`i
yordamida
uglevodorodlar ajratiladi, va ular qiya mo’ri bo’ylab qurilmaning balandligi 80
m, diametri 8-9 m va balandligi 15-20 m bo’lgan regeneratoriga uzatiladi.
Regeneratorda katalizator sirtidan koks (uning miqdori 1% atrofida bo’ladi)
yondirib chiqarilishi amalga oshiriladi. Koksning katta molekulalari seolit
saqlagan katalizatorlarning ichki g`ovaklariga kira olmaydi. Koks yondirilishi
shuningdek
mavhum suyultirilgan oqimda regenerator pastki qismidagi
taqsimlash panjarasiga
bosim bilan havo uzatish qurilmasi
orqali yuboriladigan
160-200 °S haroratdagi issiq havo yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Regeneratsiyalangan katalizatorda koks miqdori - 0,02-0,05 dan 0,1 mas. %
gacha bo`ladi. 600-650 °S haroratli regeneratsiyalangan katalizator qiya mo’ri
bo’ylab lift-reaktorning pastki qismiga yuboriladi. Shunday qilib, katalizator 5-
12 kg/kg xom-ashyo tezlikda uzluksiz sirkulyatsiyalanib, butun siklni 15-18 min
ichida bajaradi va bu vaqt ichida u faqat bir necha sekund davomida lift-
reaktorda bo’ladi. Koks yondirilishida hosil bo’lgan 750-780 °S haroratli tutun
gazlari katalizator zarrachalarini saqlab qoladigan
siklonlar
orqali chiqadi, suv
bug`ini olish uchun
qozon-utilizatordan
, katalizator changidan mayin tozalash
uchun
elektrofiltrdan
va boshqa issiqlik ishlatuvchi qurilmalaridan o’tadi.
Reaktsiyaning bug`-gaz mahsulotlari
murakkab rektifikatsion kolonnaning
pastki qismiga o’tib, uning quyi sektsiyasida
kaskad tarelkalarda s
uyuq
sirkulyatsion sug`orish reaktsiya mahsulotlaridan katalizatorni yo’qotadi (“suv
bilan yuqib chiqaradi”), va uni 500 °S dan 350-380 °S gacha sovitadi.
Rektifikatsion kolonnaning boshqa yuqori sektsiyalari reaktsiya mahsulotlarini
194
gaz va suyuq fraksiyalarga: benzin fraksiyasi, og`ir va yengil gazoyllarga
ajratadi. Katalitik kreking gazi (xom-ashyoning 16-20 mas. %) C
1
-C
2
uglevodorodlardan (gazning taxminan yarmi) va olefinlar - etilen, propilen,
butilen, shuningdek etan, propan va butandan iborat bo’ladi. Odatda C
1
-C
2
uglevodorodlar deetanlashtiriladi, ajraladigan propan-propilen (PPF) va butan-
butilen (BBF) fraksiyalari esa alkillash uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi.
Katalitik kreking gazida vodorod (3-4 mas. %) va vodorod sulfid (0,1 mas. %)
saqlanadi. Benzin fraksiyasi C
5
- 195 °S (xom-ashyoning 40-50 mas. %) oktan
soni 93-96 ga ega bo’lishi mumkin, va u tovar benzinning qimmatli komponenti
bo’lib hisoblanadi. Setan soni 38-40 bo’lgan yengil gazoyl 195-350 °S (15-20
%) tovar dizel mahsulotlari komponenti bo’lib xizmat qiladi. Og`ir gazoyl 350-
420 °S (5-9 %) –aromatik birikmalar kontsentrati (60-80 %) bo’lib, texnik
uglerod ishlab chiqarish uchun yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. 420 °S dan
yuqori qoldiqlar (xom-ashyodan 1-3 mas. %) shlam (katalizator changi) ajratib
olinganidan so’ng qozonxona yonilg`isi uchun komponent sifatida ishlatiladi.
Xom-ashyo resurslari mavjudligidan, xom-ashyodan maksimal miqdorda
oktan soni bir oz pasaygan bo’lsa ham benzin fraksiyasi olish boshlang`ich
maqsadlaridan, mavjud katalizator xossalaridan bog`liq ravishda krekingda
retsikl –
kreking mahsulotlarining bir qismining yangi xom-ashyo bilan
aralashmada retsirkulyatsiyasi jarayoni ishlatiladi yoki ishlatilmaydi. Retsikl
sifatida, masalan, toza xom-ashyoga 10-25 % miqdorda og`ir va kam holatlarda
yengil gazoyllar, shuningdek qoldiq – katalizator saqlagan shlam ishlatilishi
mumkin (birinchi avlod katalizatorlarida restikl karraligi 50-150% ni tashkil
qilardi). Zamonaviy katalizatorlarda benzin frakstiyasi 78 hajm. % gacha
chiqishida xom-ashyoning reaktordan birinchi marotaba o’tganda o’zgarishi
chuqurligi (darajasi) yuqori (70- 80 hajm. %) bo’lishi mumkin (“nazariy”
chegara 85% ni tashkil qiladi), shuning uchun ko’p hollarda toza xom-ashyoni
retsiklsiz krekingi amalga oshiriladi. FKK qurilmalarining xom-ashyo bo’yicha
unumdorligi keng diapazonlarda o’zgaradi (0,3-0,9 dan 2,5 va hatto 4-5 mln t/yil
195
gacha). 10-18 m balandlikda reaktorlar diametri 4-14 m, 12-30 m balandlikda
esa regeneratorlar diametri 6-18 m.
Dostları ilə paylaş: |